phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


“Birinchi kurs maktabi” tadbiri o’tkazildi


nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.   2019 yil 14 sentabr kuni “Energetika va sanoatni axborotlashtirish” fakulteti birinchi kurs talabalariga fakultet dekani B.J.Maxmudov rahbarligida “Birinchi kurs maktabi” mavzusida tadbir o’tkazildi.

Fakultet dekani o’z so’zida respublikamizda bugungi kunda barcha sohalarda olib borilayotgan islohotlar, bunyodkorlik ishlari, ayniqsa, yoshlarga yaratilayotgan yangi-yangi imtiyozlar, sharoitlar to’g’risida atroflicha ma’lumotlar berib, talabalar hamda yoshlar oldidaturgan mas’uliyatli vazifalarni tushuntirib o’tdi.

Bugungi yosh avlod qo’lga kiritayotgan yutuqlari mamlakatimizning salohiyatini, kuch-qudratini o’zidayaqqol ifodalab turganligi, binobarin, istiqlol avlodining baxtli hayot kechirishi, iste’dodini yorqin namoyon etishida davlatimiz rahbari tomonidan bardavom, izchil, amaliy tizim faoliyati yo’lga qo’yilgani muhim ahamiyat kasb etayotgani tushuntirdi.

Yoshlarimiz ziyrak va o’zi mustaqil fikrga ega ekanligi, kelajagini qurish uchun intilishlari samarasiga to’xtaldi. O’zbekiston yoshlari harsohada faolligi, kamolga yetayotgan o’g’il-qizlarning siyosiy- huquqiy bilimlari ham rivojlanib borayotganligi har jabhada namoyon bo’layotganligini g’ururlanib gapirdi.

nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.

Intellektual salohiyatlari, axborot- kommunikatsiya texnologiyalariga oid bilimlari hechbir davlat yoshlaridan qolish¬masligi, o’g’il-qizlarimiz erishayotgan yutuqlar barchani quvon¬ti¬rayotganligi hamda buning sababi esa ular uchun mamlakatimizda keng sharoitlar muhayyo etilganligini ta’kidladi.

Shuningdek, yoshlarni vatanparvarlik, milliy qadriyatlar va an’analarga hurmat ruhida tarbiyalash, turli yot oqimlarga kirib qolishidan asrash, ularningilm-fandagi izlanishlari, tadbirkorlik faoliyatini rag’batlantirish maqsadida mamlakatimizda yangi-yangi loyihalar, festival, seminar-treninglar tashkil etilayotganligi haqida ma’lumot berdi. Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirishga qaratilgan bunday loyihalardan hech bir o’g’il-qiz chetda qolmasligi kerakligi va o’z imkoniyatlarini ko’rsata olishlarini zamon talabi ekanini tushuntirdi.

Bugungi yosh avlod ulkan imkoniyatlar mamlakatida yashamoqdaligini va buimkoniyatlardan o’z vaqtida oqilona foydalanish, egallagan bilimlarni avvalo, xalq manfaati, Vatanimiz ravnaqi yo’lida safarbar etish doimo ular oldidagi oliy maqsadlardan biri bo’lmog’I lozimligini alohida ta’kidladi. Shuning bilan birga talabalik baxtiga musharraf bulganliklari bilan chin qalbdan tabriklab, yetuk mutaxasis bo’lishlariga omadlar tiladi.