phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


“Talabalar oqshomi”


nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.

 Namangan muhandislik-qurilish instituti talabalar turar joyida prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan beshta muhim tashabbusning ijrosini taminlash maqsadida “Talabalar oqshomi” badiiy-musiqiy tadbir o’tkazildi. Kechani institut Boshlang’ich tashkilot yetakchisi B.No’monjonov ochib berdi. Shundan so’ng dastur musiqa sadolari ostida boshlandi.

Kechada talabalar tomonidan tashkillangan QVZ, jonli ijrodagi qo’shiqlar hamda SMS chat dasturlari ishtirokchi va tomoshabinlarni xushnud etdi. Kechada shuningdek, yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti fakultet yetakchilari tomonidan talabalar uchun maxsus tayyorlangan qiziqarli savollar berildi va unga to’g’ri javob bergan talabalar uchun dastur sovg’asi –qiziqarli kitoblar taqdim etildi.

nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.

Kecha so’ngida Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor O. Jakbarov so’z olib, bugungi kechani tashkil etganlarga o’z minnatdorchiligini bildirdi.