phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Muhandislik kommunikatsiyalari fakultetining talabalari To‘raqo‘rg‘on tumanidagi Is’hoqxon Ibrat muzeyiga sayohat qildilar


nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.   Joriy yilning 14 sentabr kuni guruh murabbiylari Ulug`bek Xolmirzayev va Elyorbek Jo`rayevlar Murabbiy rejasiga muvofiq 34-35-KI-19 guruh talalalari bilan birgalikda Is’hoqxon Ibrat muzeyiga sayohat qildilar. Is’hoqxon Ibrat XIX asrda To‘raqo‘rg‘on zaminida tug‘ilib o‘sgan. Ibrat domla arab, fors, rus, hind, urdu, ingliz, fransuz tillarini yaxshi bilgan. Eng qadimiy finikiya, yahudiy, suriya, yunon yozuvlarini o‘rgangan. Serqirra ijodkor sifatida “Lug‘ati sitta al-sina” (“Olti tilli lug‘at”), “Jome’ ul-xutut” (“Xatlar majmui”), “Tarixi Farg‘ona”, “Tarixi madaniyat” , “Mezon uz-zamon” (Zamon tarozusi), “San’ati Ibrat, qalami Mirrajab Bandiy” kabi o‘ndan ortiq tilshunoslikka oid, ilmiy-tarixiy hamda ma’rifiy asarlar yaratgan. Ibrat domla 1886 yildayoq eski maktablarga nisbatan birmuncha ilg‘or bo‘lgan maktab ochgan. 1907 yilda esa yangi “usuli savtiya” maktabini tashkil etib, o‘nlab nafar qishloq bolalarini o‘qitgan. Ibrat domla o‘lkamizdagi ilk matbaachilardan biri sifatida, 1908 yil Orenburg shahridan litografik mashina sotib olib, uni Orenburgdan Qo‘qongacha poyezdda, Qo‘qondan To‘raqo‘rg‘onga tuyalarga ortib, katta mashaqqatlar bilan olib kelgan va o‘z hovlisida “Is’hoqiya bosmaxonasi”ni tashkil qilgan. Bu bosmaxona o‘tgan asrning 60-yillarigacha faoliyat ko‘rsatib kelgan va u yerda o‘tgan davr mobaynida bir qator ilmiy-ma’rifiy kitob va risolalar, milliy gazetalar chop etilgan, ularni tarqatish uchun Farg‘ona vodiysi bo‘ylab o‘nlab kitob do‘konlari tashkil etilgan.
nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. Davlatimiz rahbari o‘tgan yil iyul oyida Namangan viloyatiga tashrifi doirasida ushbu kompleksda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishgan, uni mazmun jihatidan takomillashtirish, til o‘rgatish bo‘yicha maxsus maktabni Namangan davlat universiteti qoshida tashkil etish, bu yerda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik instituti bilan hamkorlikda xorijiy tillarni ixtisoslashtirilgan tarzda o‘rgatish zarurligini ta’kidlagan edi. O‘qituvchi va o‘quvchilarga zarur sharoitlar yaratish, majmua atrofini obodonlashtirish bo‘yicha ko‘rsatmalar bergandi. O‘tgan davr mobaynida ikki gektardan ziyod maydonni tashkil etgan Is’hoqxon To‘ra Ibrat memorial majmuasida keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari amalga oshirildi. Loyiha qiymati 13 milliard so‘mdan ziyod majmua bog‘-hiyobon, uning o‘rtasida Is’hoqxon to‘ra Ibratning haykali, milliy me’morchilik uslubidagi ayvon, bosmaxona, ilg‘or texnologiyalar asosida qurilgan musiqali favvora, chet tillarga ixtisoslashtirilgan 400 o‘rinli maktab-internat va tarixiy me’morchilik obidasida barpo etilgan muzeyni o‘z ichiga oladi.
nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. Namangan viloyati aholisi, ayniqsa, yoshlar uchun munosib sovg‘a bo‘ldi. Bog‘ odamlarning mazmunli hordiq chiqarishiga qulaylik yaratish bilan ma’naviy olamini ham boyitadi. Bu yerdagi muzeyda Is’hoqxon Ibratning hayoti, serqirra faoliyati haqida keng ma’lumotga ega bo‘lish mumkin. “Ibrat maktabi”da yoshlar xorijiy tillarni o‘rganadi. Bularning barchasi yaxlit kompleks sifatida allomaning xalqimiz uchun qilgan buyuk xizmatlarini qadrlash, merosini o‘qib-o‘rganish va targ‘ib qilishda muhim o‘rin tutadi.