phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Pop tumanidagi 10-umumiy o‘rta ixtisoslashgan maktabning 11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv


nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.   Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji” kafedrasi mudiri O.B.Imomnazarov ishtirokida o‘zi o‘qigan Pop tumanidagi 10-umumiy o‘rta ixtisoslashgan maktabning 11-sinf o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvni maktab direktori G.Ergasheva ochib berdi. U o’z so’zida viloyatimizdagi nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan Namangan muhandislik-qurilish institutida faoliyat olib borayotgan Texnika fanlari nomzodi dotsent.O.B.Imomnazarov haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, O.B.Imomnazarov uchrashuv davomida so’zga chiqib, mamlakatimizda xalq xo‘jaligining turli sohalarida xususan, ta’lim tizimidagi yangiliklar haqida o‘quvchilarga ma’lumot berdi. Xususan, bu yilgi oliy ta’lim muassasalarida o’tkazilgan imtihonlardagi o’zgarishlar va natijalarga bafurja to’xtaldi.U institutda mavjud ta’lim yo‘nalishlari va tayyorlanadigan mutaxassisliklar haqida ma’lumotlar berdi. Talabalarning o‘qishlari, madaniy hordiq chiqarishlari, darsdan keyin bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil etishlariga doir ma’lumotlarga e’tibor qaratdi.
nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. O’quvchi-yoshlar ilm-fan yo’lida fidoyilik bilan faoliyat olib borayotgan O.B.Imomnazarovga minnatdorchiliklarini izhor etib, ushbu maktabning iftixoriga aylangan ustoz kabi kelgusida oliy ma’lumotli bo’lish, ilm yo’lida izlanish, xalq uchun xizmat qilishga ahd qildilar.