phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


“FIZIKA” KAFEDRASIDA ILMIY SEMINARLAR DAVOM ETMOQDA


nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.   Mashinasozlik fakulteti “Fizika” kafedrasi stajyor-o’qituvchisi Adhamjon Turg’unov tomonidan “Qo’sh tirqishda va ko’p sonli tirqishda difraksiya-videocom vositasida qayt qilish va hisoblash” mavzusida ilmiy seminar tashkil etildi. Ushbu ilmiy seminarda “Fizika” kafedrasi mudiri A.Mamadjanov, kafedra o’qituvchilaridan: professor G’.G’ulomov, katta o’qituvchilar G.Majidova, M. Qosimova va boshqa yosh o’qituvchilar qatnashdilar. Ushbu seminardan ko’zlangan asosiy maqsad shundan iboratki, Germaniya davlatidan keltirilgan laboratoriya jihozlarini mukammal o’rganish hamda dars jarayonlariga tadbiq etishdan iboratdir. Yangi zamonaviy qurilmada yorug’lik difraksiyasini videocom vositasida qayt qilib, turli xil yupqa tirqishlar uchun yoritilganlik qanday bo’lishini kuzatishdan iborat. nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. Yorug’lik intensivligini videocomni kompyuterga ketma-ket interfeys orqali ulanib, “Videocom Intensities” dasturi orqali aniqlanadi.Olingan natijalar qiymati aniqligi va tushunarliligi bilan bu qurilmaning qulayligi ilmiy seminar ishtirokchilari e’tiborini tortdi. Adhamjon Turg’unov ushbu laboratoriya jihozi ishlatilishiga oid berilgan savollarga ilmiy asoslangan holda javoblar qaytardi. O’zbekistonimizning umidli yosh mutaxassislaridan Adhamjon Turg’unovga kelgusi ishlarida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz. Ushbu kafedra jamoasi esa kelgusida yana shunday seminarlar tashkil etishni rejalashtirdilar.