phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


KITOB – MO’JIZAGA CHORLAYDI


nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.  2019 yil 7 oktyabr kuni institutning“Energetika” kafedrasi o’qituvchilari tomonidan “Kitob – mo’jizaga chorlaydi” mavzusida tadbir bo’lib o’tdi. Kitobxonlik, ilmu ma’rifat masalasi barcha davr va zamonlar uchun birdek dolzarb bo’lib kelgan. Kitobga mehr qo’ygan inson borki, uning qalbida yovuzlik, jaholat bo’lmaydi. Prezidentimiz tomonidan 5 ta muhim tashabbusda ham kitobxonlikni keng targ’ib qilish ilgari surilgan. Kafedra tomonidan o’tkazilgan ushbu tadbirda fakultet dekani o’rinbosariO.Otamirzayev va professor-o’qituvchilar, “Muzaffar so’z” adabiy klubi rahbari A.Kamolov, fakultet hamda, TTJ da yashovchitalabalar ishtirok etdilar. Kafedra o’qituvchisi A.Mamadjanov kitob insonga qanot bag’ishlashi, insoniyat ijodiyotining chinakam hayratlanarli va e’tiborga loyiq ko’rinishi,unda zamonlarning aql-idroki yashashi haqida o’z mulohazalarini bildirdi. Tadbir ishtirokchisi A.Kamolovshe’rlari, asar voqealari va mazmuni haqidagi fikr-mulohazalarini talabalar bilan o’rtoqlashdi. So’ngra mavzuga oid video rolik namoyish etildi. Muhammad al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Mirzo Ulug’bek, Ahmad al-Farg’oniy, Imom al-Buxoriy singari Sharq mutafakkirlari tomonidan turli sohalarda bitilgan kitoblar bugun insoniyatning bebaho xazinasi sanaladi. Har bir ishda bizga mamadkor vazifasini o’tovchi vosita kitobdir.Kitob eng yaqin do’st, famfikr va maslahatgo’ydir.
nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. Ushbu tadbir mazmunli va maroqli o’tdi. Tadbir qatnashchilarda iliq taassurotlar qoldirdi.