phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Talaba qizlarimiz- bo’lajak bekalar.


nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.  2019 yil 7 oktyabrda Qurilish- texnologiyasi fakulteti xotin-qizlar kengashi raisi N.Raimjanova rahbarligida talabalar turar joyida yashayotgan fakultet talaba-qizlari bilan birgalikda “Sarishtali uy-farishtali uy” mavzusida tadbir tashkil etildi. Tadbirni tashkil etishdan asosiy maqsad talaba-qizlarimizni talabalar turar joyidagi yashash sharoitlarini o’rganish, ularga amaliy ko’mak va maslahatlar berishdan iborat. Xususan, talaba-qizlarimiz kelgusida oila bekasi, mehribon ona vazifasini o’tovchi inson hisoblanganligi uchun ular qaysi kasbni tanlashlaridan qat’iy nazar, turmushga tayyor bo’lishlari kerak. Jumladan, xotin-qizlar kengashi rahbari tomonidan talabalarga bu borada yaqindan yordam ko’rsatib borilmoqda.Aytib o’tish joizki, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan tashabbusda xotin-qizlarni ish bilan ta’minlash masalasi qo’yilgan. Institutda tahsil olayotgan talaba-qizlar jamiyatimizning qaysidir sohasida o’z mutaxassisligi bo’yicha mehnat faoliyatlarini olib boradilar.
nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. Nafaqat o’qish, balki, qizlar darslardan keyin turli to’garaklarda qatnashadilar. Masalan, 23-SHX-19 guruh talabasi Gulhayo Turdaliyeva chevarchilik bilan shug’ullanadi, 6-КТООТ-16 guruh talabasi Risolat Olimjonova shaxmat to’garagiga a’zo, Mahbuba Sobirova esa “Muzaffar so’z” adabiy klubida o’z she’rlari bilan faoliyat yuritadi.Qizlarimiz faqatgina talaba emas, balki kelajakda yaxshi mutaxassis, oilada suyukli yor, mehribon ona bo’lishlari tabiiy. “Sarishtali uy-farishtali uy” tadbiri davomida fakultet xotin-qizlar kengashi raisi N.Raimjanova qizlar yashovchi har bir xonaga kirib, sarishtalik, sanitariya-gigiyena holatiga e’tibor qaratdi.Qizlar esa ustoz o’gitlaridan, maslahatlaridan o’zlariga xulosa oldilar. O’ylaymizki, bu tashabbusni barcha fakultet xotin-qizlar kengashining raislariga o’rnak deb olishimiz o’rinlidir.