phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Mening birinchi saylovim


nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.  2019 yil 8-oktabr kuni institutning talabalar turar joyida O’zbekiston XDP Namangan viloyat kengashi tomonidan “Mening birinchi saylovim” shiori ostida davra suhbati o’tkazildi. Ushbu davra suhbatida O’zbekiston XDP Namangan viloyat kengashi mas’ul xodimlari, xalq deputatlari viloyat kengashi deputatlari, viloyat Saylov komissiyasi mas’ul xodimlari, institutning professor-o’qituvchilari, talabalar va ommaviy axborot vositalarining vakillari ishtirok etdilar. Tadbirni O’zbekiston XDP Namangan viloyat kengashi raisi A.Ya.Ubaydullayev kirish so’zi bilan ochdi. U mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan O’zbekiston Xalq Demokratik Partiyasining maqsadli sa’yi-harakatlarida el-yurt manfaati, davlat va jamiyat taraqqiyotida deputatlar faolligini ta’minlashga doir olib borilayotgan ishlarga to’xtaldi.
nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. Shuningdek, O’zbekiston XDP Namangan viloyat kengashi Xotin-qizlar va yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari sektori mudiri M.Qoziyeva saylov qonunchiligidagi o’zgarishlar, saylov byulletenlaridagi yangiliklar, saylov jarayonlarida keksa va nogironlarga bo’lgan e’tiborni alohida ta’kidladi. “Xalq irodasi” gazetasining bosh muharriri X.Fayziyev davra suhbati qatnashchilariga, xususan, yoshlarga saylovda faol qatnashish, saylovoldi ma’lumotlar bilan ushbu gazetada chiqishlar qilib borish taklifini aytib o’tdi. Institutning Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori O.Jakbarov Oliy ta’limga kirish imtihonlari, bugungi kunda oliy ma’lumotli insonlarning jamiyatimizni rovojlantirishdagi orniga to’xtaldi va ta’lim sohasiga doir o’z takliflarini aytib o’tdi. Davra suhbati yakunida TTJ rahbari X.Teshaboyev tadbirning barcha mehmonlari va institutning professor-o’qituvchilariga, talabalarga minnatdorchilik bildirdi va saylovlarda munosib nomzodlarga ovoz berishga chaqirdi.