phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Talabalar bilan ochiq muloqot o’tkazildi


nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.  Transport fakulteti dekani J.Xolmirzayev rahbarligida talabalar bilan ochiq muloqot o’tkazildi. Unda o’rinbosarlar, professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirok etdilar. Muloqotdan ko’zlangan maqsad, mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida olib borilayotgan islohotlarni qo’llab-quvvatlash, mustaqillik g’oyalariga sadoqat, milliy qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g’oyalar asosida bugungi kun yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir tushunchalar targ’iboti edi. Ochiq muloqotda fakultetning “Transport logistikasi va xizmatlar sohasi” kafedrasi mudiri M.Mansurov dars jarayonlarining tashkil etilishi, ta’lim yo’nalishiga doir ilm-fan yangiliklari, kadrlar salohiyati, bu yilgi qabul jarayonlaridagi yangiliklar,
nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. to’lov-kontraktlarlarning “stipendiyali “ va “ stipendiyasiz” turlari, to’lov muddatlari bo’yicha fikrlarini bildirdi. Talabalardan Doston Xoldorov, Axadbek Mirzaolimovlar bu borada o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar va bu xususida o’z mulohazalarini bildirdilar. Dekan o’rinbosari G.Tuxliyev yigit-qizlarning yotoqxona bilan ta’minlanishi, darsdan keyingi bo’sh vaqtlarini to’g’ri tashkil etishlari bilan bog’liq masalalar haqida gapirdi. Ushbu muloqot eng avvalo, yoshlarda mustaqil fikr bayonini izhor etish, erkin munosabatga kirishish, mavjud muammolar yechimini topish uchun harakat qilish va intilishga undadi.