phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Talabalar Axborot resurs markazi faoliyati bilan tanishdilar


nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.  Institut Transport fakulteti Yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari G’ayratjon Tuxliyev va “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi o’qituvchisi N.Abdullayeva rahbarligida 1-kurs talabalari Axborot resurs markazi faoliyati bilan tanishdilar. Talabalar eng avvalo, kutubxona va unda talabalar kitobdan foydalanishlari uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud fond, bo’lim xodimlari faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Kutubxona va undan samarali foydalanish borasidagi ma’lumotlar bilan talabalarni G.Kuchkarova tanishtirdi. Ayniqsa, yoshlar ma’naviy-ruhiy kamolotida kitobga do’st tutinish, uni eng yaqin maslahatgo’y va sirdosh deb bilish maqsadga muvofiqligi, yaxshi amallar sari yetaklashi ta’kidlandi. Millatimiz sha’niga aylangan ne-ne allomalarimiz ham shu kitob bilan dunyoni tanidilar, dunyo esa ularni tanigani mubolag’a emas.Ulardan qolgan ma’naviy boylik esa –kitoblardir.
nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. Bugun mamlakatimizda yurtboshimiz rahnamoliklarida kitob o’qishga, kitobxonlik madaniyatiga alohida e’tibor qaratilib, kitobxonlarga barcha sharoitlar yaratilmoqda. Fan-texnika va ishlab chiqarish yutuqlari asosi kitobdan olingan ilmning mahsuli. Kitoblarning yaratuvchilari esa insondir. Har qaysi zamonda ham inson bilim olishga intilgan, mashaqqatlarni yengib o’tgan. Zero, donishmandlar aytishicha: ” Insoniyat yaratgan ixtirolar ichida eng ulug’I va buyugi bu-kitobdir”. Talabalar institut Axborot resurs markazi faoliyati bilan tanishar ekanlar, o’zlari uchun zarur bo’lgan kitoblardan foydalanishni maqsad qildilar. Fakultet dekan o’rinbosari tomonidan talabalarning kutubxonaga a’zolik faoliyatlari nazorat qilindi.