| | |
Saytdan izlash    
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI TURIZMNI RIVOJLANTIRISH DAVLAT QO’MITASI "TOURISM CHALLENGE" LOYIHASINI E’LON QILADI.

O’zbekiston Respublikasi Turizmni rivojlantirish davlat qo’mitasi mamlakatimizda ichki turizmni rivojlantirish? Mamlakatning boy turizm salohiyatini yoshlar orasida keng targ’ib qilish maqsadida Tourism challenge loyihasini

E’LON QILADI Tanlovda mamlakatimiz ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan o’quvchi va talabalaridan iborat jamoalar ishtirok etishlari mumkin.

Tanlov quyidagi bosqichlarni o’z ichiga oladi:
1.Tanlovda ishtirok etish istagini bildirgan yoshlar (ta’lim muassasasi nomidan) tanlovning www.tourchallenge.uz web sayti orqali ro’yxatdan o’tadilar;
2.Sayohatga borgan xududga borgach, tanlovning mas’ul vakilidan tegishli atributni (ta’lim muassasasining raqami yoki nomi yozilgan bayroq) oladilar va tanlov uchun maxsus tayyorlagan xaritaga joylashtiradilar;
3.Shundan so’ng, xarita yonida va turizm obyektlarida o’z jamoasi bilan suratga tushib, ommaviy axborot vositalari, shuningdek ijtimoiy tarmoqlar (facebook, instagram, telegram va boshqalar) orqali chorlov yo’llaydilar va o’z sayohatlarini keng yoritadilar;
Ishtirokchilarning sayohatlari xakamlar xay’ati tomonidan quyidagi mezonlar asosida ko’rib chiqiladi:
- sayohatlarni tashkil etish davri (turizm mavsumi past davrlarga-yanvar, fevral, mart ustunlik beriladi);
- sayohatlarning umumiy masofasi; - sayohatlar marshrutlarining yangiligi va o’ziga xosligi (kreativligi);
- sayohatlarning davomiyiligi (ketma-ketligi);
- sayohatlar soni;
- sayohatchilar soni;
- sayohatlarning OAVda yoritilganligi (soni va OAV turi);
- sayohatlarning ijtimoiy tarmoqlarda keng tarqatilishi (qancha foydalanuvchi ko’rganligi).
-sayohat davrida olingan foto surat va video materiallarning sifati.
Tanlov g’oliblari oliy ta’lim muassasalari, akademik litsey va kasb-xunar kollejlari hamda umumiy o’rta ta’lim maktablari bo’yicha alohida aniqlanadi va e’lon qilinadi.
Tanlov g’oliblari quyidagicha taqdirlanadilar:
1-o’rinlar: Qo’shni ikkita mamlakatga 7 kunlik sayohat uchun 6 kishilik (sayohatlarni tashkil etishda eng faol qatnashgan va keng yoritgan ishtirokchilar) yo’llanma, faxriy yorliqlar hamda kitoblar jamlanmasi (100 dona);
2-o’rinlar: Qo’shni bitta mamlakatga 5 kunlik sayohat uchun 6 kishilik (sayohatlarni tashkil etishda eng faol qatnashgan va keng yoritgan ishtirokchilar) yo’llanma, faxriy yorliqlar hamda kitoblar jamlanmasi (50 dona);
3-o’rinlar: O’zbekistonning 3 ta shaxriga 5 kunlik sayohat uchun 6 kishilik yo’llanma, faxriy yorliqlar hamda kitoblar jamlanmasi (50 dona) bilan taqdirlanadi.
Batafsil ma’lumotlarni www.tourchallenge.uz sayti hamda +998951933402 telefon raqami orqali olishingiz mumkin.
Imkoniyatni qo’ldan boy bermang! O’zbekiston bo’ylab say

Prezident qaror va farmonlari
Mavzuga oid
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmpi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward