phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


FIZIKA KAFEDRASIDA ILMIY-USLUBIY SEMINAR O’TKAZILDI


nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.  Mashinasozlik fakulteti “Fizika” kafedrasi o’qituvchisi Soliyev Alisher tomonidan “Tovushning havodagi tezligini aniqlash va uning temperaturaga bog’liqligini aniqlash” mavzusida ilmiy-uslubiy seminar o’tkazildi. Ushbu seminarda “Fizika” kafedrasi mudiri A. Mamadjanov, kafedra professori G’. G’ulomov, katta o’qituvchilar G. Majidova, M. Qosimova, o’qituvchi Sh. Nazarov, stajyor-o’qituvchilar A. Tur’unov, B. Misliddinov, F. Muhiddinova, Qozon federal universiteti hamda Namangan muhandislik-qurilish institutining qo’shma dasturi asosida tahsil olayotgan mashinasozlik texnologiyasi yo’nalishi talabalari qatnashdilar.
nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. Seminar orqali kafedraga keltirilgan zamonaviy o’quv laboratoriya uskunalari yordamida nazariy o’rgangan tovushning havodagi tezligini tajriba asosida olingan natija bilan bir xil qiymatga ega ekanini aniqlandi. Bu esa ayniqsa, talabalarda fizik hodisalarning chuqurroq o’rganish va uni tajribalar orqali tekshirish uchun motivatsiyasini kuchaytirdi. Seminar davomida talabalar uchun bir nechta muammoli vaziyatlar yaratilib, uni yechimini muhokama qilindi. Kun talabiga mos holda olib borilgan ushbu seminar qatnashchilar uchun juda foydali bo’lgani aytilib, yangi takliflar kiritildi. Kafedrada shu kabi seminarlarni yanada ko’proq o’tkazish rejalashtirib olindi.