phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Uychi tumani XTB ga qarashli 15-sonli umumta’lim maktabida “Mening kitobxon do’stim” mavzusida davra suhbati o’tkazildi


nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.  O’zbekiston Respublikasi prezidenti Sh.Mirziyoyevning 2019-yil 19-martdagi 5 ta muhim tashabbus ijrosini ta’minlash maqsadida “Texnologik mashinalar va jihozlar kafedrasi” tomonidan Uychi tumanidagi 15-sonli umum ta’lim maktabining 9-10 sinf o’quvchilari o’rtasida “Mening kitobxon do’stim” mavzusida davra suhbati o’tkazildi. Maktab direktori R.Raxmonov so’zga chiqib, harakatlar strategisining 5 ta muhim tashabbusi bo’yicha maktabda o’tkazilayotgan sport, musiqa, adabiyot, kitobxonlik tadbirlari o’quvchi-yoshlarimizning barkamol avlod va yurt ravnaqiga munosib hissa qo’shayotgan farzandlar bo’lib kamol topishlari, bugungi kundagi o’quvchilarga yaratilayotgan imkoniyatlar haqida aytib o’tdi.
nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. Ushbu kafedra professor-o’qituvchilari davra suhbatida o’quvchilarni badiiy adabiyotga bo’lgan qiziqishlari, ular sevgan asarlar va asar qahramonlari haqida tushunchalarni berdilar. O’quvchilar o’zlari o’qigan asarlar qahramonlari va yod olgan she’rlari bilan kafedra-o’quvchilarda kata taassurot qoldirdilar. Davra suhbati yakunida o’quvchilar o’zlarini qiziqtirgan savollar bilan kafedra professor-o’qituvchilariga murojaat qilib, tegishli javoblar oldilar.