phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Prezident Stipendiyasi sovrindorining oila a’zolariga tashakkurnoma


nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.  Xamidxonov Qobilxon Shuhrat o‘g‘li 2019 yil sentabr oyida o’tkazilgan Respublika Stipendiantlar tanlovida ishtirok etib, “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri dots.I.Soliyev ilmiy rahbarligida Prezident Stipendiyasi sovrindori bo‘ldi. Qobilxon Xamidxonov oila a’zolariga minnatdorchilik bildirish va qutlash uchun institutning O’quv ishlari bo’yicha prorektori dots.B.Ergashev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo’yicha prorektori dots.I.Umarxonov, Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti dekani N.Narzullayev, “Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri I.Soliyevlar birgalikda tashrif buyurdilar. Ular Q.Xamidxonovning ota-onalariga o’z tashakkurlarini bildirdilar va esdalik sovg’alarini topshirdilar. O’z navbatida Q.Xamidxonovning ota-onalari institut rahbariyatiga, ilmiy rahbariga va barcha uni qo’llagan ustozlariga minnatdorchilik izhor etdilar.
nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. Kelajakda farzandlari Mustaqil O’zbekistonimiz taraqqiyoti uchun xizmat qilishiga ishonch bildirdilar.