phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Internet tarmog’ida xavfsizlik


nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.  2019 yilning 14 oktyabr kuni Institutimizning, Qurilish fakul’teti “Bino va inshootlar qurilishi” kafedrasi a’zolari: dots: A.Rahimov, katta o’qituvchi P. Ahmedov va stajyor-o’qituvchi A. Egamberdiyevlar Uychi tumanidagi 40-umumiy o’rta ta’lim maktabining yuqori sinf o’quvchilari bilan maktabning o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari M. Rasulova va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari A. Nishonov, o’qituvchi A. Umarho’jayevlar ishtirokida “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus”ga bag’ishlangan davra suhbati o’tkazishdi. A. Rahimov so’zga chiqib shaxsning kamolotida badiiy kitoblarning o’rni to’g’risida to’xtalib, Kitob inson ma’naviyatini yuksaltirishdagi muhim omil ekanligi, uning o’rnini internet tarmog’i bosa olmasligi, lekin komp’yuter texnologiyalari va internetning ham kitobdan farqli muhim foydali jihatlari borligi xususida batafsil to’xtalib o’tdi.
nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. Shundan so’ng P. Ahmedov so’zga chiqib o’quvchilarga internetdan foydala-nishning asosiy qoidalari, internetning foydali va zararli jihatlari to’g’risida “Internet tarmog’ida xavfsizlik” deb nomlangan mavzuda prezentatsiya shaklida tayyorlangan muhim ma’lumotlarni bayon qilishdi. nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. O’quvchilar so’zga chiqqanlarning fikrlarini diqqat bilan tingladilar va o’zlarini qiziqtirgan savollarga to’liq javob oldilar.