phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Oliy ta`lim islohotlari: yutuqlar, muammolar, yechimlar


nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.   Toshkent shaxrida O`zbekiston Respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining Oliy ta`limni rivojlantirish tadqiqotlari va ilg`or texnologiyalarini tadbiq etish markazi tomondan “Oliy ta`lim islohotlari: yutuqlar, muammolar, yechimlar” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman bo`lib o`tdi. Anjumanda Namanagan Muhandislik Qurilish Instituti rektori Sh. Sh. Kenjabayev, “Bolon`ya dekloratsiyasi va Evropa ta`lim tizimiga o`tish muammolari” maqolasi chop etildi hamda Axborot Resurs markazi bo`lim mudirlari O.Mamadaliyeva, “Axborot – resurs markazida tashkil etilgan “ma`naviyat xonalari”da kitob targ`iboti ””, G.Kuchqarova “Kitob – ilm va hikmat manbai ” nomli maqolalari bilan qatnashdilar. Respublika ilmiy – amaliy anjumanida muhokamaga qo`yilgan materiallar to`plam holida chop etildi. To`plam O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 113-f-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan “O`zbekiston Respublikasida 2019 yilda xalqaro va respublika miqiyosida o`tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar rejasi” hamda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2019 yil 28 fevraldagi 205-sonli buyrug`iga asosan “Oliy ta`lim islohotlari: yutuqlar, muammolar, yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari asosida tayyorlangan bo`lib,
nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. Oliy va o`rta maxsus ta`lim tizimini ilg`or xorijiy tajribalar asosida rivojlantirish, jamiyatning ma`naviy yangilanishi va jahon tendensiyalarini hisobga olgan holda raqobatbardosh kadrlarni tayyorlash, bozor iqtisodiyoti rivojlangan demokratik davlatlar ta`limi darajasiga ko`tarish maqsadida pedagogik texnologiya va uning tamoyillari asosida o`quv jarayonlarini loyihalash, ularni qo`llash usullari va yo`llari, amaliyotga joriy etish vosita va mexanizmlarni ishlab chiqish hamda anjuman mavzusi bo`yicha masalalarni o`z ichiga qamrab olgan.