phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


“Qurilishda innovatsiyalar, energiyatejamkor texnologiyalar, binolar va inshootlarning konstruktsiyaviy va seysmik havfsizligi” mavzusida Xalqaro konferensiya o’z ishini boshladi


nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.   Namangan muhandislik-qurilish institutida 2019 yil 7 noyabrg’ kuni O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 25 fevraldagi 133-f-sonli Farmoyishi bilan tasdiqlangan “O’zbekiston Respublikasida 2019 yilda xalqaro va respublika miqyosida o’tkaziladigan ilmiy va ilmiy-texnik anjumanlar reja”si asosida “Qurilishda innovatsiyalar, energiyatejamkor texnologiyalar, binolar va inshootlarning konstruktsiyaviy va seysmik havfsizligi” mavzusida Xalqaro konferensiyaning ochilish marosimi o’tkazildi. Konferensiyani institut rektori Sh.Sh.Kenjaboyev kirish so’zi bilan ochib berdi.Barcha konferensiya ishtirokchilariga muvaffaqiyatlar tiladi. Konferensiyaga Xitoy Xalq respublikasidan professor Xu Fuven (Hu Fuwen), Janubiy Koreya davlatidan Seobeom Baek, Jin Young Chean, Rossiya Federatsiyasidan Qozon Federal Universiteti Naberejno Chelni instituti direktori Ganiyev Maxmut Masxutovichlar tashrif buyurdilar va taqdimotlari bilan ishtirok etdilar. Ushbu konferensiyaga jami 185 ta maqolalar kelib tushdi. Respublikadagi Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy tadqiqot institutlari professor-o’qituvchilaridan 89 ta maqolalar kelib tushgan. Xorijiy Oliy ta’lim muassasalaridan 15 ta maqolalar taqdim etildi.
nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. Namangan muhandislik-qurilish instituti qurilish sohasi bo’yicha Novosibirsk Davlat arxitektura-qurilish universiteti, Belarusg’ Milliy texnika universiteti, Rossiyaning Janubiy Ural Davlat universiteti, Xitoyning Vuxan universiteti, Avstriyaning Tabiiy fanlar universiteti, Rossiyaning Qozon Federal universitetlari bilan memorandumlar tuzilgan va hamkorlik aloqalari o’rnatilgan. Respublikadagi Oliy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot institutlaridan, jumladan, Toshkent Irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti, Farg’ona politexnika instituti, Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti, Namangan muhandislik-texnologiya institutlaridan professor-o’qituvchilar qatnashdilar. Ushbu konferensiyada qurilishda innovatsiyalar, energiyatejamkor bino va inshootlarni loyihalash, zamonaviy qurilish materiallari va konstruktsiyalari, binolar va inshootlarning konstruktsiyaviy mustahkamligi hamda seysmik havfsizligi masalalarini muhokama qilish, shuningdek, sohalarni rivojlantirish masalalarini muhokama qilib, xulosalar ishlab chiqishni maqsad qilib olingan.
nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. Konferensiya 2019 yil 7-9 noyabrg’ kunlari o’tkazilishi ko’zda tutilgan.Konferensiya o’z ishini davom ettiradi.