phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


YOSH IJODKOR-EL-YURT KELAJAGI


nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.   O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan Fransiyaning “SAINT-GOBAIN” kompaniyasi respublikamizning arxitektura va dizayn sohalarida tahsil olayotgan bakalavr va magistr talabalari o’rtasida 6-noyabr kuni Toshkent arxitektura-qurilish institutida “SAINT-GOBAINdan MULTIKOMFORT 2020” tanlovini tashkil etildi. Ushbu tanlov ishtirokchilari Fransiyaning “SAINT-GOBAIN” kompaniyasining yetakchi mutaxassislari tomonidan innovatsion energiya tejamkor issiqlik izolatsiya qurilish materiallaridan samarali foydalanish hamda binolarni art-dizayn asosida qulay va shinam bezash, qurilish sohasining noyob xususiyatlarini ilmiy va amaliy tajribalar asosida seminar trening bo’lib o’tdi. Ushbu seminar-treningda onlayn ta’lim asosida bilim berish kelishib olindi. Fransiyaning “SAINT-GOBAIN” kompaniyasi tanlov ishtirokchilari olgan bilimlarni baholash maqsadida Innovatsion rivojlanish vazirligi bilan hamkorlikda “SAINT-GOBAINdan MULTIKOMFORT 2020” ikki bosqichli Xalqaro tanlovni o’tkazadi. Shu munosabat bilan, “SAINT-GOBAINdan MULTIKOMFORT 2020” talabalar o’rtasida o’tkaziladigan Xalqaro tanlovning Milliy bosqichining ochilish marosimi bo’lib o’tdi. Unda “Qurilish-arxitektura” kafedrasi o’qituvchisi O.U.Hamidov va 27-QHALTE-17 guruh talabasi J.I.Ikromovlar tanlov ishtirokchilari qatoridan o’rin oldilar.
nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. Umid qilamizki, ishtirokchilarimiz ko’zlagan maqsadlariga erishadilar.Ularga bu sa’y-harakatlarida omadlar tilab qolamiz.