phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


“Oila – muqaddas dargoh”


nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.   2019 yil 5 noyabr kun Transport fakulteti “Umumtexnika fanlari” kafedrasi tomonidan “Oila – muqaddas dargoh” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Ushbu tadbirda TTJ tarbiyachi-pedagogi A.Kamolov, Abu-Yusuf masjidi imomi I.Djabborov, Namangan shahar 1-son FHDYO bo‘limi inspektori G.Nojillayeva, Mingchinor MFY mutaxassisi M.Maqsudova, Furqat MFY mutaxassisi N.Qalandarova, Mingchinor MFY, 4/30 uy, 28-xonadon fuqarosi namunali oila a’zosi J.Valiyeva, Transport fakulteti talabalari, “Umumtexnika fanlari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, TTJ talabalari ishtirok etdilar. Ushbu tadbirda ishtirok etgan mutaxassislar, professor-o‘qituvchilar talabalarga mustahkam oila qurishdagi o‘zlarini kerakli maslahatlari va fikrlarini berdilar. Ular jamiyatimiz oilalardan tuzilganini va mustahkam oila asoslari to’g’risidagi o’z nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti. mulohazalarini bildirdilar. Sharqona oilaviy tarbiya, axloq qoidalari, yaqin qarindosh-urug’chilikning asoslariga doir o’gitlari, maslahatlarini aytib o’tdilar. Ushbu tadbirga oid barcha ishtirokchilar, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar fikr-mulohazalar bildirdilar.Tadbir ishtirokchilari talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berdilar.