phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


E’lon ! Endilikda talabalar o‘qituvchilarning dars berish samaradorligini anonim tarzda baholaydilar


nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.   Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining "Oliy talim muassasalariga pedagog xodimlarni tanlov asosida ishga qabul qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar va qo‘shimcha kiritish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi joylashtirildi.
Hujjatga ko‘ra, lavozimlarni egallashning besh yillik muddati davrida rektor buyrug‘i bilan tasdiqlanadigan oliy ta’lim muassasasi komissiyasi tomonidan har bir o‘quv yili yakunlari bo‘yicha barcha pedagog xodimlar faoliyati atroflicha o‘rganib chiqiladi va baholanadi. Qolaversa, tugallangan fan o‘qituvchilarining dars berish samaradorligi talabalar tomonidan anonim tarzda baholanadi. Loyihaga ko‘ra, pedagog xodimning malakasi yetarli bo‘lmaganligi sababli o‘quv-metodik, ilmiy, tarbiyaviy ishlari sifati, o‘qitgan talabalarining o‘zlashtirish darajasi past bo‘lgan taqdirda, tanlovni o‘tkazish tartibida belgilab qo‘yilgan muddatdan qat’iy nazar u bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilinadi.
Quyidagi manzil orqali Qaror loyihasi yuzasidan o‘z takliflaringizni bildirishingiz mumkin:
https://regulation.gov.uz/uz/document/9816
Muhokamalar shu yilning 19 noyabriga qadar davom etadi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi.