phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


E’lon ! Talabalarga kechiktirilgan stipendiya to‘lab berildi


nammqi.uz NamMQI Namangan muhandislik-qurilish instituti.   Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida talabalarga stipendiya berilmayotganligi to‘g‘risidagi xabar tarqatildi.
Mazkur holat vazirlik tomonidan tezkor ravishda o‘rganib chiqildi. Ma’lumki, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab talabalarga to‘lovlarni amalga oshirishda qulaylik yaratish, aholining keng qatlami uchun oliy ta’limning hammabopligini ta’minlash maqsadida to‘lov-kontrakt qiymati miqdorlari ikki xil ko‘rinishda – “stipendiyali” va “stipendiyasiz” etib belgilandi. Universitetda to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan talabalarga stipendiya tayinlash va berishdagi kechikishlar o‘z navbatida talabalar tomonidan to‘lovlarni turli miqdorda va vaqtda amalga oshirilishi bilan bog‘liq.
Hozirda barcha tashkiliy masalalar yakuniga etkazildi va to‘lov-shartnoma asosida o‘qiydigan talabalarning plastik kartalariga stipendiya o‘tkazib berilgan. Stipendiyaning naqd pul qismi esa, 18 noyabr – dushanba kunidan tarqatilishi ma’lum qilindi. Hurmatli talabalar, Siz tahsil oladigan oliy ta’lim muassasasida ham stipendiya tayinlash va to‘lash bilan bog‘liq muammolar mavjud bo‘lsa, marhamat, izohlarda yozib qoldiring.
Vazirlik talabalar, ularning ota-onalari, va keng jamoatchilik vakillari – barcha bilan muloqot qilishga doim tayyor.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi

Axborot xizmati

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AudocFp7PIMcQ