E’LON !

«Eng yaxshi maqola»
tanlovi g‘oliblari aniqlandi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan yosh olimlar
va talabalar o‘rtasida yoshlar ilmiy faoliyatida mustaqillik g‘oyasining mazmun-mohiyatiga
bag‘ishlab tashkil etilgan tanlov yakunlandi.
Tanlovga Respublikamiz oliy ta’lim muassasalaridan 124
ta maqola kelib tushdi. Ulardan 32 tasi yosh olimlar va 92 tasi talabalar tomonidan
yozilgan.
Hakamlar hay’ati tomonidan ikkita nominatsiya bo‘yicha
besh nafardan nomzod saralab olindi hamda yakuniy bosqichida ishtirokchilar o‘zlari
yozgan maqola bo‘yicha taqdimot o‘tkazdilar. Tanlov yakunlarisha ko‘ra, quyidagilar
g‘olib bo‘lishdi:
Iqtidorli talabalar nominatsiyasi
1-o‘rin - Sherzod Ibragimov, Samarqand davlat tibbiyot
instituti talabasi.
2-o‘rin - Mohiniso Qo‘yboqova, Toshkent davlat
iqtisodiyot universiteti talabasi.
3-o‘rin - Shahnoza Ashurxonova, Guliston davlat
universiteti talabasi.
Yosh olimlar nominatsiyasi
1-o‘rin - Zilola Kasimova, Toshkent davlat sharqshunoslik
instituti doktoranti.
2-o‘rin - Faxridin Umarov, Toshkent tibbiyot akademiyasi Termiz filiali dekani.
3-o‘rin - Feruz
Narmanov, Samarqand davlat universiteti tayanch doktoranti.
Tanlov
g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlandi.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AudocFp7PIMcQ