phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Chust tumanidagi 18-maktab o’quvchilari bilan uchrashuv


2019 yilning  29 noyabr kuni institutning “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti N.Shaydullayev mamlakatimiz Prezidenti tashabbusini qo’llab-quvvatlab, Chust tumanidagi 18-maktabning 10-11-sinf o’quvchilari bilan “Inson omilini shakllantirish” mavzusida  uchrashuv tashkil etdi. U o’quvchilarga inson va uning jamiyat rivojidagi ahamiyati haqida tushunchalarini ifoda etdi. Shuning bilan birga har bir yosh avlod ertaga mamlakat uchun kerakliligini unutmasligi, biror kasb egasi bo’lishi, oila, Vatan oldidagi burchlariga sodiq qolishi, o’z nomiga, ajdodlarga munosiblik eng muhimi, insoniy tuyg’ular bilan yashashga chaqirdi.
N.Shaydullayev Prezidentimizning tashabbuslarining har biri yurtimiz kelajagi yoshlar baxti-saodati uchunligini ta’kidladi. Ushbu maktabda ham bu borada olib borilayotgan ishlar o’quvchilar tomonidan e’tirof etildi. Maktab direktori S.Husanova o’quvchilar iqtidori bilan bog’liq kitobxonlik tadbirlari haqida gapirib o’tdi. O’quvchilar shoirlar she’rlaridan yoddan aytib berdilar.
Ushbu uchrashuv qatnashchilarda katta taassurot qoldirdi.