FIZIKA KAFEDRASINING “MAKTAB-OLIY O’QUV YURTI” HAMKORLIGIDAGI TADBIRI

Davra suhbatlari
10/12/2019, 15:45:11    57 marta.
Mashinasozlik fakulteti “Fizika” kafedrasi o’qituvchilari Alisher
Soliyev va Ahmadjon Soliyevlar tomonidan Uychi tumani xalq ta’limi bo’limiga
qarashli 2-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Maktab-oliy
o’quv yurti” mavzusida ochiq muloqot o’tkazildi.
Mashinasozlik fakulteti “Fizika” kafedrasi o’qituvchilari Alisher
Soliyev va Ahmadjon Soliyevlar tomonidan Uychi tumani xalq ta’limi bo’limiga
qarashli 2-umumiy o’rta ta’lim maktabida “Maktab-oliy
o’quv yurti” mavzusida ochiq muloqot o’tkazildi.
Ushbu ochiq muloqotda 24-umumiy o’rta maktab direktori N. Sobirova hamda
11-sinf o’quvchilari qatnashdilar.
Ochiq muloqotda kafedra o’qituvchisi A. Soliyev Namangan
muhandislik-qurilish institutidagi mavjud yo’nalishlar to’g’risida batafsil
tanishtirdi. Bundan tashqari O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil
11-iyuldagi PF-5763 sonli “Oliy va o’rta maxsus ta’lim sohasidagi boshqaruvni
isloh qilish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoni haqida tushunchalar berib
o’tdi.
U O’zbekiston
Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasining
maqsad va vazifalarida belgilangan: bitiruvchilarning 50 foizdan ortig’ini
qamrab olish, sohada sog’lom raqobat muhitini yaratish
respublikadagi oliy ta’lim muassasalarini xalqaro e’tirof etilgan
tashkilotlar reytingiga kiritish, oliy ta’lim mazmunini sifat jihatidan yangi
bosqichga ko’tarish, yuqori malakali kadrlar tayyorlash tizimini yo’lga qo’yish,
shuningdek, talaba-yoshlar ta’lim-tarbiyasi uchun qo’shimcha sharoitlar
yaratishga qaratilgan kompleks chora-tadbirlarni o’z ichiga olgan beshta
tashabbusni amaliyotga tadbiq etish borasidagi institutning asosiy maqsad va
vazifalariga to’xtaldi.
Shundan so’ng o’quvchilarni oliy ta’lim tizimi va qabul jarayonlari
to’g’risida qiziqtirgan savollariga o’qituvchilar tomonidan to’liq javoblar
berildi.