phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


Kuchli targ`ibot-yuksak natija



      29-noyabr kuni Namangan viloyatida “Kuchli targ`ibot-yuksak natija” mavzusida vodiy yoshlar forumi bo`lib o`tdi. Forumga Andijon va Farg`ona talaba yoshlari mehmon sifatida tashrif buyurishdi va ushbu festivalni Namangan shaxar xokimligida ochilish marosimi bo`lib o`tdi. Marosimni Namangan viloyati hokimi o`rinbosari P.Matkarimov ochib berdi.

    Ushbu forum Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan muhandislik-texnologiya institutlarida bo`lib o`tdi. Festival davomida sportning mini futbol, cybersport, shaxmat, shashka va valeybol turlarida talabalar o`zaro kuchlarini sinab ko`rishdi. Forumda institutimiz “Yoshlar ittifoqi” yetakchisi B. No`monjonov talabalardan esa F.Karimov, J.Marufjonov, G.Daliyeva va boshqa ko`plab talabalarimiz faol ishtirok etishdi. Forum davomida talabalar prezidentimizning 5 ta muhim tashabbuslari bo`yicha belgilangan tartibda tashabbuslarning har biriga alohida uyishtirilgan tadbir va marosimlarda ko`taringi kayfiyatda qatnashishdi.

    Forum yakunida mehmon va mezbon bo`lgan barcha talaba yoshlarga “Yoshlar Ittifoqi” ning maxsus sovg`alari tantanali ravishda topshirildi.