phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23


Hamid Olimjon-baxt va shodlik kuychisi


2019 yil 5 dekabr kuni Namangan muhandislik-qurilish instituti Talabalar turar joyi majlislar zalida Hamid Olimjon tavalludining 110 yilligiga bag’ishlangan  “Muzaffar so’z” adabiy klubi rahbari, talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi A.Kamolov hamda “Iqtisodiyot” kafedrasi professor-o’qituvchilari, Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo’limi uslubchisi Jahongir Nodirov va 146 nafar talaba -yoshlar qatnashdilar.
         Tadbirda J.Nodirov talabalarga Hamid Olimjonning hayoti va ijodi haqida atroflicha ma’lumot berdi. Ayniqsa, uning joshqin ijodi, O’zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim bilan o’tgan ibratli hayoti haqida to’lqinlanib gapirdi.

Hamid Olimjonning “Ko’klam”(1929), “Olov sochlar”(1931), “O’lim yovga”(1932), “Poyga”(1932) kabi she’riy to’plamlari nashr etilgan. Istedodli shoir Hamid Olimjonning ijodi qardosh xalqlar va xorojiy xalqlar tillariga tarjima qilinganligi aytib o’tildi.
         Tadbirda bir qator talabalar shoir she’rlaridan namunalar o’qib berdilar. Shuningdek, QMBQICh kafedrasi o’qituvchisi  To’tiyo  Egamberdiyeva, 28-AYA-18 guruh talabasi Temur Sodaliyev, 26-QHAL-17 guruh talabasi Jamshid Nurdinboyevlar Hamid Olimjon she’rlari bilan aytiladigan qo’shiqlarini ijro qilib, ko’pchilikda katta taasurot qoldirdilar. Tadbir mazmunli va maqorli o’tdi.