Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


“Biz OITSga qarshimiz” aktsiyasi amalda


2019 yil 30 noyabr-2 dekabr kunlari O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti yetakchisi B.No’monjonov, faollar J.Suvonov, Sh.Mirziyeyov, А.Аbdulakimov va boshqa talabalar tomonidan  1-dekabr-“Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni” munosabati bilan  “Biz OITSga qarshimiz” shiori ostida ommaviy targ’ibot aksiyalari tashkil etildi. Ular tomonidan professor-o’qituvchilar, xodimlar, talabalar hamda jamoatchilik orasida  sog’lom turmush tarzi va  baxtli kelajakka da'vat ishlari olib borildi. Targ’ibot aksiyalari Namangan shahridagi “Pahlavon” sport majmuasida tashkil etilgan Hindiston yarmarkasida ham o’tkazildi.

Bundan tashqari aksiya davomida “Yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish”, “OIV infektsiyasi”, “O’zingiz va yaqinlaringizni asrang”, “OITS kasalligi va uni oldini olish” nomli 1000 dan ortiq bukletlar tarqatildi.