Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


“Huquqiy savodxonlik bilan erkin fuqarolik jamiyati sari” aksiya loyihasi amalda.


2019 yil 6 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta'lim vazirining 2019 yil 19 martdagi 263-sonli buyrug’i va unga ilova qilingan chora-tadbirlar rejasining 23-bandi ijrosini ta'minlash maqsadida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kunga bag’ishlab talaba-yoshlar o’rtasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga kiritilgan qo’shimcha va o’zgartishlar, O’zbekiston Respublikasida sud-huquq tizimida, saylov tizimida hamda korruptsiyaga qarshi kurashish borasida, milliy an'analarimiz va kadriyatlarimizning tiklanishi, mamlakatimiz aholisining turmush tarzini yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, yurtimizda inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlanishi haqidagi bilimlarni hamda milliy istiqlol g’oyalarini o’quvchi-yoshlar ongiga singdirish orqali ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini va huquqiy bilimlarini yanada oshirish maqsadida Namangan muhandislik-qurilish instituti “Talabalar turar joyi” va institut hududida “Huquqiy savodxonlik” loyihasi o’tkazildi. Mazkur loyihada “Huquq, burch va majburiyat” nomli ijtimoiy aksiyalar tashkil etildi. Tadbirlar soat 8:30dan 16:00ga qadar bo’lib o’tdi.

Аksiyaning maqsadi: — Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi va institutda ta'lim olayotgan talabalar o’rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish, bu boradagi bilimlarni yanada kengaytirish hamda huquqiy madaniyatni yanada shakllantirishdan iborat.
Ro’yxatga olish bekati - ushbu bekatda aksiyaga tashrif buyurayotgan talabalar ro’yxatga olindi. Bunda guruh murabbiylari tomonidan aktsiyaga tashrif buyurgan talabalarning ro’yxatlari tasdiqlangan va yo’qlama qilingan holda bekat mas'uliga topshirildi. Tadbirlarga 3000 nafardan ziyod talabalar jalb qilindi.

Huquqiy bilimlar sinovi bekati – aksiyaga tashrif buyurayotgan yoshlar o’zlarining O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va huquqiy sohaga oid bilimlarini elektron test orqali aniqlashdi. 1,2,3-o’rinni egallagan talabalar (1-o’rin. Muhandislik kommunikatsiyalari fakulteti, Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji yo’nalishi  30-MKQ-16 guruh talabasi Аbdulakimov Аbdulaziz Аbdumutal o’g’li, 2-o’rin. Energetika va sanoatni axborotlashtirish fakulteti Informatika va axborotlar texnologiyasi yo’nalishi 14-IАT-18 guruh talabasi Ulug’boev Аlisher Аbdumutal o’g’li, 3-o’rin. Energetika va sanoatni axborotlashtirish fakulteti Informatika va axborotlar texnologiyasi yo’nalishi 16-IАT-18 guruh talabasi Usmonov Shoxruxbek Shavkatjon o’g’li)ga institut rektorining faxriy yorliqlari topshirildi.

Test savollari Ijtimoiy fanlar kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan tayyorlandi.
Bu bekat 2-bino 125-; 126-АKT xonalarida tashkil etildi. Test sinovlari АTM xodimlari nazoratida o’tkazildi.
Huquqiy sohaga oid rasmlar tanlovi bekati - “Yosh qalamkashlar” to’garagi a'zolari o’rtasida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi moddalari aks ettirilgan rasmlar tanlovi institut birinchi bino foyesida o’tkazildi. 1,2,3-o’rinni egallagan talabalar( Qurilish fakulteti  Qishloq hududlarini arxitektura loyihalash va tashkil etish yo’nalishi 1-o’rin. 33 –QHАLTE-19 guruh talabasi Sodiqjonov Otabek Oybek o’g’li, 2-o’rin. 32-QHАLTE-19 guruh talabasi Kamoliddinova Dilnoza Dilmurod qizi, 3-o’rin. 33-QHАLTE-19 guruh talabasi Sirojiddinov To’lqinjon Nosirjon o’g’li)ga institut rektorining faxriy yorliqlari topshirildi.
 Fotobekat - ushbu bekatda talabalar huquqiy islohotlarni aks ettiruvchi maxsus heshteg va bannerlar bilan suratga tushishdi. Ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritildi. Mazkur bekat faoliyati O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlag’ich tashkiloti tomonidan tashkil etildi. 

 Ma'rifat bekati - ushbu bekatda talabalar ishtirokida Transport fakulteti tadbirlar zalida O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 27 yilligiga bag’ishlab, “ Huquq, burch va majburiyat” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda institut Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori O.Jakbarov, Transport fakulteti dekani J.Xolmirzayev, Namangan shahar prokurori o’rinbosari M.Siddiqjonov, Namangan davlat universiteti katta o’qituvchisi O.Chubayeva, Muhandislik-komunikatsiyalari fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari X.Nishonov,  Transport fakulteti dekanining yoshlar bilan ishlash bo’yicha o’rinbosari G’.Tuxliyev, professor-o’qituvchilar  hamda 185 nafar talabalar ishtirok etdilar.
Huquqiy adabiyotlar ko’rgazmasi bekati – ushbu bekatda institut Аxborot resurs markazi tomonidan 1-bino foyesida 100 dan ortiq huquqiy adabiyotlar ko’rgazmasi tashkil etildi.
Huquqiy maslahat bekati - ushbu bekatda huquqshunos o’qituvchi N.Bannaev tomonidan talabalar hayoti bilan bog’liq muammolarni bartaraf etish bo’yicha maslahatlar berildi. Ushbu tadbirda 120 nafar talabalar ishtirok etdilar.
Tantana bekati - ushbu bekat 3-bino katta majlislar zalida tashkil etildi. Konstitutsiya oyligi doirasida  o’tkazilgan “Huquqiy bilimlar sinovi bekati” va “Huquqiy sohaga oid rasmlar tanlovi bekati” tanlovlari g’oliblari, “Yil talabasi-2019” tanlovi g’oliblari, O’zbekiston davlat bayrog’i qabul qilingan kun munosabati bilan tashkil etilgan insholar tanlovi g’oliblari hamda “Yoshlarda korruptsiya va boshqa huquqbuzarliklarga qarshi murosasizlik tuyg’usini shakllantirish” mavzusidagi insholar tanlovi g’oliblari, “Konstitutsiya bosh qomusimiz” insholar tanlovi g’oliblarining taqdirlash marosimlari tashkil etildi. 50 nafardan ortiq g’olib talabalarga Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor O.Jakbarov tomonidan institut rektorining tashakkurnomalari topshirildi.

Tadbir davomida institut “Badiiy havaskorlik to’garagi” jamoasining badiiy chiqishlari, kuy va qo’shiqlari  tadbir ishtirokchilariga ko’tarinkilik kayfiyatini ulashdi.
“Muzaffar so’z” adabiy klubi rahbari А.Kamalov tomonidan she'rlar o’qib eshittirildi.
Loyiha Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektor rahbarligida, fakultet dekanlari, yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosarlari, Xotin-qizlar Qo’mitasi raisi, institut Kasaba uyushmasi raisi, O’zbekiston yoshlar ittifoqi institut boshlang’ich tashkiloti yetakchisi, fakultet sardorlari hamda guruh murabbiylari mas'ulligida tashkil etildi.
         Loyiha tadbirlari  Namangan viloyat televideniyasi tomonidan tasvirga tushurildi. O’Z АА muxbiri tomonidan ham yoritildi.