phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23


Nazariya bilan amaliyot uzviyligi


Institutning “ Qurilish materiallari, buyumlari va konstruksiyalarini ishlab chiqarish” kafedrasi Namangan viloyati mustaqil laboratoriyalar uyushmasi bilan tuzilgan hamkorlik shartnomasiga ko‘ra 6 dekabr kuni 26-QMBKICH-16 guruh talabalari bilan ushbu uyushmaning “TEXNOSTANDART TEST” laboratoryasida “Beton va temir-beton buyumlar ishlab chiqarish” fanidan tajriba ishlarini bajarishdi. Beton uchun ishlatiladigan mayda va yirik to‘ldiruvchilar xossalarini aniqlashdi. Ushbu fandan olgan nazariy bilimlarini amaliyotda sinab bilimlarini mustahkamlashdi. Har bir talaba tajriba ishlarida faol qatnashib, kelajakda olgan bilim va tajribalarini ish faoliyatida qo‘llashi bo‘yicha malakaga ega bo‘ldi.