phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23


Besh tashabbus- besh imkoniyat



  2019 yil 7 dekabr kuni “Avtomobil yo’llari va erodromlar” kafedrasining professor-o’qituvchilari N.Saydazimov, M.Mamajonov va M.Abdurazoqovlar Uychi tumanidagi 5-maktabda “Besh tashabbus-besh imkoniyat” mavzusida semirar o’tkazdilar. Seminarda maktabning bitiruvchi sinf o’quvchilari ishtirok etdilar.

Ushbu seminarda Prezidentimiz tomonidan olg’a surilgan 5ta muhim tashabbusdan ko’zda tutilgan maqsad va vazifalarni o’quvchilarga katta o’qituvchi N.Saydazimov tomonidan tushintirildi Shuningdek, bu tashabbuslar orqali yoshlarga yaratilyotgan imkoniyatlar, ayniqsa, ta’lim jarayonlariga bo’lgan munosabatlar ta’kidlandi. Seminar ishtirokchilarida davlatimiz rahbarining g’amho’rliklariga nisbatan to’g’ri munosabat bu- kelgusida yurt uchun munosib farzand bo’lish, yaxshi mutaxassis maqomiga erishib, Vatan uchun xizmat qilish ekanligi tushuntirib o’tildi.

Maktab o’quvchilari tashabbus doirasida amalga oshirilayotgan tadbirlar haqida so’zlab, ayniqsa, kitobxonlik borasidagi bilimlarini namoyish etdilar. Ishtirokchilarga yod olgan she’rlaridan o’qib berdilar. Seminar davomida har bir yosh yigit-qiz yaratilayotgan imkoniyatlardan samarali foydalanishi maqsadga muvofiqligi qytib o’tildi. Seminar qatnashchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar oldilar.