Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


G’oliblar munosib taqdirlandilar


 Konstitutsiyamizning 27 yilligiga bag’ishlab “Jismoniy madaniyat” kafedrasi tomonidan o’tkazilgan “Kichik futbol” sport turi bo’yicha Rektor kubogi musobaqalari o’z nihoyasiga yetdi. 20-noyabrdan boshlangan usgbu musobaqada jami 62 jamoadan 500 dan ortiq talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Musobaqa yakunlariga ko’ra Energetika va axborotni sanoatlashtirish fakultetining 42-EE-19 jamoasi 3-o’rinni egalladi.

Ikkinchi o’rinni Muhandislik kommunikatsiya fakultetining 44 TIE-19 jamoasi, faxrli birinchi o’rinni Muhandislik kommunikatsiya fakultetining 2-bosqich 28-AYA-18 guruhlari egalladilar. Musobaqa yakunida g’oliblarga institut ma’muriyati tomonidan esdalik sovg’alari va diplomlar topshirildi. Musobaqa go’libiga esa institut rektorining ko’chma kubogi topshirildi.