phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23


O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasi loyihasi muhokamasi


2019 yil 6 dekabr kuni Namangan Viloyat kasaba uyushmalari tashkilotlari birlashmasi faollar zalida “O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida milliy g‘oyani rivojlantirish konsepsiyasi” loyihasining muhokamasi bo‘yicha davra suhbati  o‘tkazildi. Ushbu tadbirda bizning institutdan ham bir qator etakchi olimlar qatnashdilar.
Konsepsiya quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan:
Muqaddima
I.   Milliy g‘oya haqida umumiy tushuncha
II.  O‘zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichi
III.           O‘zbekistonning milliy g‘oyasi
IV. Bosh g‘oya
V.    Milliy yuksalish g‘oyasining asosiy tushunchalari
1.  Yagona Vatan tuyg‘usi
2.  Adolat qonun ustuvorligida
3.  Xalq roziligi
4.  Jaholatga qarshi ma’rifat
5.  Innovatsion taraqqiyot
VI.           Milliy yuksalish g‘oyasining asosiy tamoyillari

Davra suhbatini O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Ziyoviddin Mansurov olib bordi. Davra suhbatida NamMQI “QMBKICH” kafedrasi professori A Xamidov, Namangan muhandislik-texnologiya instituti “Ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri, dotsent M.Alixonov, Namangan davlat universiteti “Milliy g‘oya” kafedrasi mudiri, dotsent O.Mamatov, Namangan davlat universiteti professori A.Rasulov, Namangan davlat universiteti magistranti S.Miliboyev konsepsiya mazmuni bo‘yicha ma’ruza qilishdi. Shuningdek, institutimizning “QMBKICH” va”HFX” kafedrasi professor-o’qituvcnilaridan A Xamidov, N.Bahriddinovlar ham ishtirok etdilar.
Konsepsiya loyihasi qizg‘in muhokama qilindi. Davra suhbati qatnashchilari bir qator takliflar bildirdilar.
Jumladan:
1.  O‘zbekistonni dunyo sividizatsiyasiga qo‘shgan o‘lkan xissasini e’tirof etish;
2.  O‘zbek tilini rivojlantirish va har tomonlama targ‘ib etish;
3.  O‘zbek adiblarning ijodlarini keng yoritish.
Milliy mentalitimizga mos kelmaydigan xorij filimlari namoyishini cheklash.