phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23


Institut rektori va talabalar ishtirokida o’tkazilgan ochiq muloqot


2019 yil 9 dekabr kuni institut talabalar turar joyi majlislar zalida institut rektori Sh.Kenjaboyev ishtirokida ochiq muloqot o’tkazildi.
Sh.Kenjaboyev talabalarga bugungi kunda davlatimiz siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri bo’lgan yosh avlodni jismonan va ruhan sog’lom,  Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularni kelajagimizning munosib vorislari etib voyaga yetkazish bu borada yurtimizda ham muayyan ishlar amalga oshirilayotgani ayniqsa, yoshlarning bilim olishi va kasb tanlashi borasidagi huquq va imkoniyatlari haqida gapirdi. Bu borada oliy o’quv yurtlari, kasb-hunar kollejlari, maktab va maktabgacha tahlim muassasalari, sport inshootlari zamon talablari darajasida bunyod etilib, yetarli shart-sharoitlar bilan to’liq ta’minlanganlini o’z fikr mulohazalarida bayon etdi.

Shuningdek, ushbu ochiq muloqot rasmiy ruhda emas, o’zaro suhbat, fikr almashish tarzida o’tdi. Talabalar o’z muammolari, takliflari hamda fikr-mulohazalari ularni faollikka chaqirib o’tdi.
Institutdagi talim jarayonlari yaratilgan shart-sharoitlarga, professor-o’qituvchi va talabalar ortasidagi munosabatlarga oid taklif va fikr-mulohazalar bildirildi.

Jumladan, institutda rus, ingliz tili va to’garaklarni kupaytirish, kompyuter sinf xonalarini zamonaviy jihozlar dars mashg’ulotlarini yangi zamonaviy usullar bilan o’tish, fan auditoriya mashg’ulotlariga nisbatan ishlab chiqarish korxonalarida o’tiladigan amaliy mashg’ulotlar soni va soatini yanada oshirish shuningdek to’g’ridan-to’g’ri ishlab chiqarishdan malakali mutaxassislarni jalb etib, “masterklass”lar tashkil etish, Axborot-resurs markazi kitob fondini badiiy va ilmiy adabiyotlar bilan yanada boyitishni ta’minash to’g’risida talabalar o’z takliflari bilan institut rahbariga murojaat qildi.

Mazkur ochiq muloqotda institut Yoshlar bilan ishlash bo’yicha prorektori O.Jakbarov va institut yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti raisi B.No’monjonovlar ishtirok etdilar.