Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Namangan shahrida “aqlli shahar” megapolisi qurilishi boshlandi!


Namangan shahrida hududi 18 gektar yer maydonini egallagan Namangan Square “aqlli shahar” (Smart City) qurilish ishlarini amalga oshirishga kirishildi.Ushbu majmua loyihasi 325 000 kv.metr qurilish maydoniga ega bo’lib,uning tarkibida10 000 aholini yashashi uchun mo’ljallangan hashamatli turar joy binolari, ofis  binolari va savdo maydonlari,umumta’lim maktabi, maktabgacha ta’lim muassasasi va boshqa xizmat ko’rsatish ob’ektlari joylashtirilgan.Ularni ichida ikkita egizak 15 qavatli minorasimon ko’rinishidagi Biznes markaz loyihalangan bo’lib,u kelajakda barpo etiladigan Farg’ona vodiysidagi yagora osmono’par bino hisoblanadi. Namangan Square majmuasini loyihalashda taniqli hind arxitektori Hafiz Kontraktorning hissasi katta.Ushbu majmua qurilishini dunyo miqyosida o’ziga yarasha tajribaga ega bo’lgan MJ Developers xalqaro qurilish kompaniyasi tomonidan amalga oshirilmoqda.
Har bir turar-joy 9 qavatli binodan iborat, sakkiz qavat hashamatli xonadonlar va ikkita eksklyuziv pentxauslar, ularning har birida kichik bog’iga ega balkon mavjud. Majmua ichida shov-shuvga boy go’zla hiyobon loyihalangan bo’lib, u yerda do’konlar, kafelar, restoran va savdo markazlarini qurilishi rejalashtirilgan.

Shuningdek, loyihada yugurish va velosipedlar xarakati uchun yo’lakchalar hamda basketbol, tennis o’ynash maydoni, futzal va gol’f o’ynash maydonlari ham barpo etilishi ko’zda tutilgan.Qo’yingchi, bu loyiha shahrimizdagi birinchi va mahobatli qurilishi rejalashtirilgan loyiha bo’lib, ushbu megapolisda istiqomat qiladigan kishilar go’yoki  ertaklar olamida suzib yurgandek farovon hayot kechirishlari aniq.
Ana shu sehrli va mahobatli majmuani o’z ko’zlari bilan ko’rish maqsadida 11 dekabr kuni “Qishloq hududlarini arxitektura loyihaviy tashkil etish” ta’lim yo’nalishining  26-QHALTE-17 guruh o’quvchilari “Qurilish-arxitektura” kafedrasi dotsenti Z.Buzrukov rahbarligida tashrif buyurishdi.Ular tashrif davomida Namangan Square majmuasining loyihalari va yuqori darajada mohirlik bilan tayyorlangan maketlari bilan tanishdilar.Eng muhim ular shahrimizda quyma betonsozlik asosida amalga oshiriladigan zamonaviy me’morchilik uslublari va innovatsion loyihalash jarayonlari xaqida qimmatli bilimlarga ega bo’ldilar.