Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


“Konstitutsiyamiz-baxtimiz qomusi”


7 dekabr 2019 yil talabalar turar joyida Namangan muhandislik-qurilish institutining Qurilish texnologiya fakulteti “Chet tillar” kafedrasi tomonidan “Konstitutsiyamiz-baxtimiz qomusi” mavzusida badiiy tadbir o‘tkazildi.Tadbirda qatnashgan talabalar ona-vatanimizga bo‘lgan mehr-muhabbatlarini va uning bag‘rida yashash baxti haqida o‘z tushunchalarini  sahna ko‘rinishlari, chiroyli she'rlar va qomusimiz ichidagi moddalarni misol keltirib chiroyli bayon etdilar.   Institut talabalari tadbirda faol ishtirok etdilar.


“Chet tillar” kafedrasi o‘zbek tili o‘qituvchisi, dotsent Karimova Faridaxon, ingliz tili o‘qituvchilari D.Inomiddinova, M.Qoriyeva va K.Xo‘jayevlar ham tadbirda ishtirok etib vatanning qanchalik muqaddasligi, uning bag‘rida yashash qanchalik baxt ekanligi, uning betakrorligini tarannum etib nutq so‘zladilar. 

Bundan tashqari tadbirning mehmoni “Iqtisodiyot” kafedrasi katta o‘qituvchisi, institutning “Muzaffar so‘z” yosh ijodkorlari klubi rahbari A.Kamalov ham ishtirok etib, vatanni tarannum etuvchi bir necha she'rlarni o‘qib, tadbirga kelganlarni shod etdilar.