phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23


E’lon !


Yangi o‘quv yilidan pedagog kadrlarni tayyorlovchi OTMlarda yangi yo‘nalish ochiladi.Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida “Tarbiya” fanini bosqichma-bosqich amaliyotga joriy qilish choralari to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasi joylashtirildi. (https://regulation.gov.uz/uz/document/11181)Loyihaga muvofiq, 2020-2021 o‘quv yilidan pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarida “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi” yo‘nalishi o‘rniga “Tarbiya va huquq ta’limi” yo‘nalishini ochiladi.Shuningdek, hujjatda oliy ta’lim muassasalaridagi “Boshlang‘ich ta’lim”, “Tarix”, “O‘zbek filologiyasi”, “Milliy g‘oya, ma’naviyat asoslari va huquq”, “Pedagogika va psixologiya” yo‘nalishlarida tahsil olayotgan 2019-2020 o‘quv yili bitiruvchi kurslarining o‘quv reja, dastur va malaka talablari “Tarbiya” fanini o‘qitishi mumkin bo‘ladi.Mazkur loyiha bilan quyidagi manzil orqali tanishib, taklif va mulohazalaringizni bildirishingiz mumkin.https://regulation.gov.uz/uz/document/11181 

Qaror loyihasi 2019 yilning 29 dekabriga qadar muhokama qilinadi.