phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23


“Tarixiy asarlar”


1. Temur tuzuklari. «Tuzuki Temuriy» («Temur tuzuklari»), «Malfuzoti Temuriy» («Temurning aytganlari») va «Voqioti Temuriy» («Temurning boshidan kechirganlari») nomlari bilan atalmish bu asar e’tiborga molik tarixiy manbalar jumlasidan. «E’tiborga molik» deyilishining boisi shuki, uning nusxalari (qo’lyozmalari ham, toshbosmalari ham) ko’p tarqalgan. «Temur tuzuklari»ni bugun jahonning ko’pgina mamlakatlarida, masalan, Sovet Ittifoqi, Angliya, Frantsiya, AQSH, Finlyandiya, Daniya, Eron, Hindiston, Turkiya, Misr, Yaman kutubxonalaridan topsa bo’ladi. O’z-o’zidan ma’lumki, qaysi bir asar qimmatli, amalda zarur bo’lsa, undan ko’proq nusxa ko’chirilgan. «Temur tuzuklari» ham shunday. U ko’proq sohibi tojlarga kerak bo’lgan. Shuning uchun ham hukmdorlarning ko’pchiligi bu va shunga o’xshash asarlardan nusxa ko’chirtirib, shaxsiy kutubxonalarida asraganlar va ijtimoiy-siyosiy faoliyatlarida ulardan muhim yo’l-yo’riq sifatida foydalanganlar. «Temur tuzuklari»ning shu kunlargacha yetib kelgan qo’lyozma va toshbosma nusxalari Mir Abu Tolib al-Husayniy at-Turbatiy tarjimasi asosida yaratilgan. «Temur tuzuklari» O’rta Osiyo zaminida yaratilgan ko’pgina ajoyib asarlar singari, avval o’zga yurtlarda, xususan, Yevropada shuhrat topdi. «Temur tuzuklari» – podsholarning turish-turmush va axloq-odob normalarini belgilovchi risoladir. Asar ikki qismdan iborat. Birinchi qismda jahon tarixida mashhur fotih, sarkarda va iste’dodli davlat arbobi sifatida nom qoldirgan Amir Temurning yetti yoshi (1342)dan to vafotiga (1405 yil, 18 fevralg’) qadar kechgan hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati, anyqroq qilib aytganda, uning Movarounnahrda markaziy hokimiyatni qo’lga kiritish, feodal tarqoqlikka barham berish va markazlashgan davlat tuzish, qo’shni yurt va mamlakatlarga qilgan harbiy yurishlari ixcham tarzda bayon etilgan. Ikkinchi qism jahongirning nomidan aytilgan va uning toju taxt vorislariga atalgan o’ziga xos vasiyat va pand-nasihatlaridan iborat. Asarning muallifi malum emas. Butun voqea bir shaxs – Amir Temur nomidan hikoya qilinadi. Aslida shundaymi yoki Amir Temur aytib turgan, kotib yozib olganmi, yo bo’lmasa uning aytganlarini kimdir jam qilib kitob tuzganmi, bu haqda qat’iy bir fikr aytish qiyin. Sharq mamlakatlarida bu mashhur asar chindan ham Amir Temur tarafidan yozilganligi va uning tarjimai holi ekanligi e’tirof qilinadi.

 

2.   Vafo malikasi yoxud Amir Temur va O’ljay oqa qismati – To’lqin Hayit. Asar Soqibqiron Amir temur va uning og’ir kunlarida yonida bo’lgan rafiqasi O’ljay Turkon oqa haqidadir. Shuningdek, asarda Amir Temurning qudratli davlat barpo etishida oqila malikalarning baholi qudrat qo’shgan hissasi qalamga olingan.

 

3.  Shohnoma – Abulqosim Firdavsiy. “Shohnoma” – O’rta Osiyo va Eron xalqlarining milliy iftixori o’sib kelayotgan davrda yaratildi. Ushbu asarni ko’p shoir va adabiyotshunoslar badiiy fikr xazinasi, yangi-yangi badiiy asarlarning vujudga kelishida ummondek tubsiz manba deb hisoblaydilar. Mazkur doston mukammal tartibga solingan bo’lib, kompozitsiyasi ham juda puxta. Firdavsiy o’zining bu ulkan asarida juda ko’p falsafiy g’oyalar, ijtimoiy masalalarni ilgari suradi, ajoyib xarakterlarni yaratadi, peyzajlar chizadi. Jang sahnalarini tasvirlaydi. Asar keng kitobxon ommaga mo’ljallangan.

 

4.   Boburiynoma – Xayriddin Sulton. Muxtaram o’quvchi! Qo’lingizdagi “Boburiynoma” marifiy romani birinchi ma’rifiy romani birinchi marta 1997 yili “Sharq” nashriyot-manbaa kompaniyasi tomonidan nashr etilgan. Oradan yigirma bir yil o’tib, uning ikkinchi nashri juz’iy tuzatishlar bilan e’tiboringizga havola etilmoqda.

 

5.  Nasoyim ul muhabbat – Alisher Navoiy. O’zbek adabiyotshunosligida navoiyshunoslik yo’nalishi garchi milodiy XX asrning ikkinchi choragidan boshlab, alohida tarmoq sifatida shakllangan bo’lsa-da, A. Fitrat, Ye. E. Bertelg’s, S. Ayniy, O. Sharofiddinov, H. Sulaymonov, V. Zohidov, N. Mallaev, V. Abdullaev kabi yetuk olimlarning tadqiqotlarini e’tirof etgan holda bemalol aytish mumkinki, o’zbek xalqi hayotining barcha sohalarida kuzatilgani kabi mustaqillikdan so’ng navoiyshunoslik ham rivojlanishning yangi bosqichiga ko’tarildi. Mustaqillikning birinchi yili Alisher Navoiy yili, deb e’lon qilinishi hamda o’sha yilidayoq Alisher Navoiy nomidagi Davlat mukofoti tasis etilishi ham endi ozodlikka erishgan o’zbek xalqi uchun Navoiy hurlik, ozodlik va o’zlik timsoli bo’lganligidan guvohlik beradi.

 

6.   Alisher Navoiy asarlarida falakiyot sirlari Saidbahrom Azizov. Ushbu kitobda Alisher Navoiy kosmogonik dunyoqarashi shakllanishida Ulug’bek astronomiya maktabining o’rni, Alisher Navoiy asarlarida falakiyot ilmiga oid ma’lumotlar (astronomik jihozlar, olam modellari, osmon jismlari, samoviy hodisalar), Alisher Navoiy asarlaridagi astronomik ma’lumotlarning manbalari haqida so’z boradi. Kitob fan tarixi mutaxassislari, oliy o’quv yurtlari o’qituvchilari, talabalari va Markaziy Osiyoda astronomiya fani taraqqiyoti bilan qiziquvchi barcha o’quvchilarga mo’ljallangan.

 

7.     Muhabbat ma’vosi – Jaloliddin Rumiy. Jahon so’z san’atining zabardast namoyandalaridan bo’lgan Mavlono Jaloliddin Rumiy Sharq she’riyatining dovrug’dor janrlaridan biri ruboiyda ham mahorat bilan qalam Tebratgan va o’zidan 1994 ta ruboiy qoldirgan. Orif shoirning ushbu to’plami ana shu salmoqli merosdan tanlab tarjima qilingan ruboiylar asosida tartib berildi.

 

8.    Hikmatlar va hikoyatlar Abulfaraj. “Hikmatlar va hikoyatlar” kitobi o’rta asrlarda Shomda yashab, ijod etgan yirik alloma Abulfaraj (1226 – 1286) qalamiga mansubdir. Falsafa, tarix, dinshunoslik, tilshunoslik, astronomiya va tibbiyot sohalaridagi ilmiy asarlari bilan mashhur bu olim hikmat va hikoyatlar yig’ish bilan ham shug’ullanadi. Mazkur to’plamda turli din, millat va kasb vakillari bo’lgan oqil kishilarning hayotidagi ibratli hikmatlar keltirilgan.

 

9.  Ubaydullo Uvatov – Buyuk yurt allomalari. Har qanday xalq, birinchi navbatda, fidoyi o’g’lonlari, mutafakkir zotlari, insoniyat tamadduniga ulkan hissa qo’shgan olimu ulamolari bilan g’ururlanadi. Shu jihatdan olib qaraganda, o’zbek xalqining g’ururi, a kulib, birga yig’lagansiz. Xo’sh, serial bilan kitobning farqi nimada? U yoki bu sababga ko’ra serialga kirmay qolgan lavha, dialog, epizodik xarakterlar, ko’rinishlardan kitob orqali to’liq bahramand bo’lasiz. Ayrim tushunarsiz holatlarni o’qib, “E-e, aslida bunaqa bo’lgan ekan-da” degan o’y o’tadi hayolingizdan. Kitobning har qanday kino yoki spektakldan ustun ekanligiga yana bir bor imoningiz komil bo’ladi.

 

10.    Umrboy Yembergenov – Sulaymon Boqirg’oniy (Hakim ota). Sulaymon Boqirg’oniy ustozi Ahmad Yassaviy tariqatini yurgizgan va she’riyatda izdoshlik qilgan iqtidorli va hakim shogirdidir. Uning hayoti va purma’no hikmatlari bugungi kunda butun dunyo tasavvuf ihlosmandlari tomonidan sevib o’qiladi. Buyuk mutasavvifning hikmatlari dinu diyonatdan, halollikdan, oliy haqiqatlardan va tasavvufning nozik sirlaridan bahs yuritganligi bilan e’tiborga molik.

 

11.    Otauli – Bilgi xoqon dostoni. Oybek domlaning “Navoiy” romanidan to Muhammad Alining “Ulug’ saltanat” epopeyasiga qadar ko’pgina mumtoz tarixiy asarlarimizda jami yuzga yaqin ulug’ ajdodlarimizning yorqin siymolari ibratli tarzda yoritib berilgani barchamizga ma’lum. Bu asarlar xalqimizning ulkan ma’naviy xazinasidir. Ayniqsa, ustoz Mirkarim Osimning muxtasar tarixiy qissalari va hikoyalari bugungi kunda ham, kelajakda ham har bir o’zbek o’quvchisi uchun bebaho bisot va har bir o’zbek yozuvchisi uchun bebaho bisot va har bir o’zbek yozuvchisi uchun beqiyos ibrat bo’la oladi. Otauli ustozlar tajribalariga tayangan holda talay yillardan buyon badiiy nasrimizda hozirga qadar qalamga olinmagan tarixiy siymolarimiz xususida nisbatan ixcham nasriy asarlar qoralab keladi. Yozuvchi ushbu yo’nalishdagi ijodiy izlanish ma’sullarini bir kitobga jamlab, o’quvchilar e’tiboriga havola qilmoqda. O’ylaymizki, bu kitob sizni beetibor qoldirmaydi.

 

12.    Omina Tojiboyeva – Shamollarga uchgan nidolar. O’zbek ma’naviyati shu qadar buyukki, go’yo olmos qirrasi kabi nur sochib, jilolanib turadi. Ushbu asarda ham ana shunday manaviyat sohibasi Xonzoda begimning hayot yo’li aks etgan. U inisi Mirzo Boburni Samarqandda qamalda qolganida Shayboniyxon chagalidan qutqaradi, ya’ni o’zi sevmagan insonga Mirzo Boburning hayoti va ulug’ istiqbolini saqlab qolish maqsadida turmushga chiqadi. Agar Xonzoda begim o’zini fido qilmaganda, endigina 19 yoshga kirib, bir-ikkita baytlar ijod qilib yurgan Bobur raqibi tomonidan yanchilgan, temuriy avlodlardan boburiylar sulolasi Hindistonda 330 yilga yaqin umr ko’rmagan, yer yuzidan nomi o’chib ketgan bo’lardi. Adiba ushbu voqeaga daxldor manzaralarni ishonarli tarzda tasvirlagan. O’ylaymizki, ushbu asar o’z muxlislarini topadi va ularni befarq qoldirmaydi.

 

13.   Yevgeniy ZamyatinQadimgi Rim va Atilla. Yevgeniy Zamyatin XX asr boshidagi rus adabiyotining atoqli vakillaridan biri sanaladi. U dastlab hikoya janrida adabiy jamoatchilik nazariga tushgan bo’lsa, “Biz” romani bilan haqiqiy shuhrat qozondi. Adib “Qadimgi Rim va Atilla” qissasida asli turkiy qavmlardan bo’lib, xunnlar imperatori sifatida dunyo tarixida qolgan Atillaning bolalik va o’smirlik yillarini qalamga oladi. Qissadagi axloqan tubanlikka yuz tutgan Rim hayoti tasviri va yosh Atillaning ichki dunyosi shakllanishi bugungi kun o’quvchisi qalbida teran mulohazalar uyg’otishiga ishongan holda ushbu kitobni taqdim etmoqdamiz.

 

14.    Odil Yoqubov – Ko’hna dunyo. O’zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning ushbu asari 1982 yilda yozilgan. Oradan salkam yarim asr o’tib uni qayta nashr etishimizdan maqsad ulug’ allomalarimiz Al-Beruniy hamda Ibn Sino hayoti va faoliyatini bugungi kun o’quvchisiga tanishtirish, ulardan hayotiy va ma’naviy saboq olishga qaratilgan. Adib asarda ikki buyuk olimning bolaligi, ijtimoiy muhit, yoshlik yillari, ilk sevgisidan tortib, daho ijodkorga ijodkorga aylanguncha bo’lgan davrni jonli va rangli bo’yoqlarda tasvirlaydi. Ularning ilm-fan taraqqiyotiga qo’shgan buyuk ishlarini umumlashtirishga harakat qiladi. “Ko’hna dunyo” asari buyon kitobxonlar ommasi tomonidan sevib mutolaa qilib kelinmoqda. Bu asar Odil Yoqubovga ijodi davomida eng katta shuhrat keltirgan. “Ko’hna dunyo” milliy romanchiligimiz poetikasini muhim yangi xususiyatlar bilan boyitdi. Har ikki ulug’ ajdodimizning hayoti va fojiali taqdiri bugungi kun o’quvchisini befarq qoldirmaydi, degan umiddamiz.

 

15. Odil Yoqubov – Ulug’bek xazinasi. O’zbekiston xalq yozuvchisi Odil Yoqubovning “Ulug’bek xazinasi” asari salkam yarim asrdan buyon kitobxonlar ommasi tomonidan sevib mutolaa qilib kelinmoqda. Buyuk bobokalonimiz Mirzo ulug’bekning ibratli hayot yo’li va fojiali qismati haqida hikoya qilingan bu kitob hali-hanuz o’quvchilarda katta qiziqish uyg’otib, uzoq tariximiz haqidagi taassurotlarni boyitishga xizmat qilmoqda. Buyuk adibimizga ehtiromimiz bois romanni chop etishda asliyatga asoslandik va shu sababli asar mazmun-mohiyatiga o’zgartirish kiritmadik.

 

16.    “Kuntug’mish”. Chinakam sevgi, sadoqat va vafodorlikni tarannum etuvchi “Kuntug’mish” dostoni xalqimiz badiiy zakovatning benazir durdonalaridan biridir. Baxshilar tomonidan sevib ijro etilgan bu qadimiy doston yosh avlodni har jihatdan barkamol, mard, vatanparvar va mehnatsevar bo’lib o’sishida muhim amaliy ahamiyat kasb etadi.

 

17.    Omonulla Madayev – Navoiy suhbatlari. Alisher Navoiy hayoti va ijodini o’rganish, uning ijodiga merosxo’r millat vakili sifatida buyuk adibimizning asarlaridagi badiiylikni, g’oyani, falsafani bilishga intilish har bir o’zbek farzandining muqaddas burchi sanaladi. Ammo shoir yashagan davr bilan bizning zamonamiz o’rtasidagi besh asrdan ortiq o’tgan vaqt aksari paytlarda mumtoz adabiyot matnini tushunishda murakkab vaziyatlarni vujudga keltiradi. “Navoiy suhbatlari”da ana shu murakkablikni nisbatan bartaraf qilish yo’lidan borilgan. Adib asarlari misolida, zamondoshlari xotiralarida qayd etilgan aniq voqea-hodisalarga asoslangan holda Alisher Navoiyning xalqiga, vataniga, do’stlariga bo’lgan munosabatlarini yoritish orqali muallif Siz – o’quvchilarni u bilan imkon darajasida yaqinlashtirish yechimini topishga uringan. Shuningdek, risola keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallanganligi bilan etiborga loyiq.

 

18.  Amin Maaluf – Samarqand yoxud zulmatda yo’qolgan ziyoni izlab. Olamda sanoqli muqaddas kitoblar borki, ularning muqaddasligi ilohiyot bilan bevosita bog’liq ekanini yaxshi bilamiz. Shu bilan birga, sayyoramizning turli hududlarida kitobxonlar sevib mutolaa qiladigan kitoblar ham bor. Asli kelib chiqishi livanlik bo’lgan taniqli frantsiyalik adib Amin Maalufning “Samarqand” romani ana shunday yuksak qadrli asarlar sirasisandir. To’rtta kitobdan iborat ushbu romanda voqealar rivoji 1048-1131 yillarda yashab o’tgan va Umar Xayyom taxallusi bilan ilmu ijod qilgan buyuk matematik va astronom, faylasuf va hakim, mutafakkir va shoir G’iyosiddin Abulfath Umar ibn Ibrohim Xayyom Nishopuriy Samarqandga kelgan XI asrdan boshlanib, XX asr avvalida Yaqin Sharq mamlakatlarida sodir bo’lgan ijtimoiy-siyosiy, tarixiy voqealar girdobida Xayyom ruboiylari qo’lyozmasini qidirib Eronga kelgan yosh amerikalik frantsuz yigiti Benjamin Umar Lessajning sarguzashtlari, uning qo’lyozma bilan birga “Titanik” kemasida ummon qariga g’arq bo’lishi voqealari bilan yakunlanadi. Asar keng kitobxonlarga mo’ljallangan.

 

19.    Tabobat ummonidan tomchilar Shahobiy, Yusufiy, Davoiy, Hasrat. Qo’lingizdagi kitob XIV – XVIII asrlarda yozilgan tibbiy asarlardan namuna sifatida o’sha davr tabobati haqidagi tasavvur uyg’otadi. Sharqda, jumladan, O’rta Osiyoda ko’p asrlar davomida foydalanib kelingan shifobaxsh o’simliklar, parhez taomlar va boshqa dorivor moddalarning ayrimlariga shu soha bilan qiziquvchi mutaxassislarimiz diqqatini jalb qilishda yordam beradi degan umiddamiz.

 

20.    Dilkusho hikoyatlarUbayd Zokoniy. Qazvinlik taniqli adib, tanqidiy nazarga ega hajvchi Ubayd Zokoniy satiric asarlari bilan Markaziy Osiyo xalqlari orasida mashhur bo’lgan. Ushbu to’plamga hajvchining latifalari, “O’n fasl risolasi” hamda “Yuz o’git” risolasidan namunalar kiritilgan. Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.

 

21.  Go’zal latifalar – Faxriddin Ali Safiy. Faxriddin Ali Safiy buyuk tarixchi, faylasuf va tarjimon bo’lib undan boy adabiy meros qolgan. Uning “Go’zal latifalar” kitobidan buyuk olimlar, adiblar va shoirlar hayoti bilan bog’liq latifalar o’rin olgan. Kitob keng kitobxonlar ommasiga mo’ljallangan.

 

22. Mushkin qoshining hay’ati – Munis, Ogahiy. Munis va Ogahiy o'zbek mumtz so’z san’atining Navoiy va Boburdan keyingi eng zabardast namoyandalari. Ularning ko’plab g’azal, muxammas va mustazodlari Xorazm maqomlari tarkibidan mustahkam o’rin olgan bo’lib, asrlar davomida sevib ijro etilib kelgan. Ushbu to’plam otashnafas shoirlarning xalq mehr-u muhabbatini qozongan ana shunday dilo’rtar ashulalari asosida tartib berildi.

 

23.  Yunus Emro – Nechun yig’larsen, ey bulbul? Yunus Emro – XIII asrning o’rtalari, XIV asrning boshlarida yashab ijod etgan buyuk turk shoiri, Xo’ja Ahmad Yassaviy, Mavlono Jaloliddin Rumiylarga ergashib, go’zal so’fiyona manzumalar yaratgan ilohiy ishq kuychisidir. Tili sodda, uslubi yengil va ravon, insonlarni Haq va haqiqatga undaydi. Bir jihatdan o’zbek xalq baxshilariga, ikkinchi yoqdan o’zbek o’quvchisi uchun Boborahim Mashrabga ohangdosh. Yunus Emroning hayot tarzi ham Mashrabga monand: umr bo’yi bir yerda qo’nim topmagan, qo’lda soz va tilida she’r ila shaharma-shahar, qishloqma-qishloq kezib, ijod namunalarini ohangga solib, xalq yig’inlarida aytib yurgan. Oradan shuncha zamon o’tsa hamki, Yunus Emro o’z vatani Turkiyada va uzoq-yaqin xalqlar orasida ma’lumu mashhur, she’rlari sevib o’qiladi, davralarda, to’yu tantanalarda qo’shiq qilib kuylanadi. Turk mumtoz she’riyatining ustoz shoiri bisotidan saralangan ushbu guldastani aziz kitobxonlarimizga zo’r mamnuniyat ila taqdim etamiz.