phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23


Test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, topshiriqlar soni hamda ularni baholash mezonlari tasdiqlandi


O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining 2019 yil 20 dekabrdagi 11-son bayoni bilan 2020/2021 o‘quv yili qabulidan respublika oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, test topshiriqlari soni hamda baholash mezonlari tasdiqlandi.
Unga ko‘ra, 2020/2021 o‘quv yili qabulidan test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi ikki bo‘limga ajratiladi:
 Birinchi bo‘limga – barcha test topshiruvchilar uchun majburiy uchta fan – ona tili (o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili), matematika va O‘zbekiston tarixi fanlari kiritiladi.


Mazkur uchala fandan 15 tadan jami 45 ta test topshirig‘i beriladi. Har bir to‘g‘ri javobga 2,1 ball beriladi, maksimal ball – 94,5 ball.
Ikkinchi bo‘limga – abiturient tanlagan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga mos ikkita fan kiritiladi.
Har bir fandan 30 tadan jami 60 ta test savoli beriladi. Har bir to‘g‘ri javob 3,1 ball bilan bahonladi. Maksimal ball – 186 ball.
Keyingi o‘quv yili qabulida abiturientga 5 ta fan bo‘yicha jami 105 ta test topshirig‘i beriladi.  To‘plash mumkin bo‘lgan maksimal ball – 280,5 ball.
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining rasmiy telegram kanaliga ulanish
https://t.me/joinchat/AAAAAEX5-AudocFp7PIMcQ