phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23


DIQQАT: YOSH IJODKOR- TАLАBАLАR KO’RIK-TАNLOVI !


       Farg’ona politexnika instituti  ma'muriyati va institut АRM qoshidagi “Yosh kitobxonlar klubi” Respublika oliy va o’rta maxsus o’quv yurtlarining  ijodkor talabalari o’rtasida Prezidentimizning 5 ta tashabbusi ijrosi doirasida “Kitob va kitob mutolaasi”ni targ’ib qiluvchi hamda “Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash”ga qaratilgan videoroliklar tanlovini e'lon qiladi.
Videoroliklarga va uning mualliflariga quyidagi talablar qo’yiladi:
1. Videorolik kitob va kitob mutolaasi targ’ibotiga yoki yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan va boshqa tanlovlarda ishtirok etmagan bo’lishi shart.
2. Videorolikning davomiyligi 10-15 daqiqani tashkil etishi kerak .
3. Videorolik muallifi va suhandoni 2 nafardan ortiq bo’lmagan ijodkor-talaba yoshlardan bo’lishi lozim.
4. Tanlovga yuborilgan videoroliklar egallagan o’rinlaridan qat'iy nazar, egalariga qaytarilmaydi.
Xar bir yo’nalishdagi ko’rik-tanlov g’oliblariga institutning byudjetdan tashqari ishlab topilgan mablag’lari hisobidan quyidagi miqdorda pul mukofotlari belgilanadi:
                      Bitta 1-o’rin: 3 000 000 so’m
                      Bitta 2-o’rin: 2 000 000 so’m
                      Bitta 3-o’rin: 1 000 000 so’m
Bundan tashqari 4 va 5 o’rin egalariga har biri 250 ming so’mlik badiiy kitoblar to’plamidan iborat to’rtta rag’batlantiruvchi mukofotlar ta'sis etiladi. Chet tilida tayyorlangan videoroliklar uchun asosiy mukofotlarga qo’shimcha rag’batlantiruvchi mukofotlar qo’shib beriladi.
Tanlov uchun videoroliklar 2020 yilning 1-aprel kuniga qadar institut Аxborot resurs markaziga, 90-560-42-20 telefon raqamidagi “Telegramm” tarmog’iga yuborilishi lozim. Muddatidan kech yuborilgan ishlar ko’rik-tanlov uchun qabul qilinmaydi. Yaxshi deb topilgan 10 ta videoroliklar Respublikadagi oliy o’quv yurtlari АRM raxbarlarining “Telegramm” tarmog’iga tashlanadi. Barcha АRM direktorlaridan 10-aprel kuniga qadar ularni ko’rib chiqib, ulardan 5 tasiga 1-5 o’rinlarni belgilab yuqoridagi “Telegramm”ga xabar yuborishlari so’raladi. Institut АRM qoshida faoliyat yurgizayotgan “Yosh kitobxonlar klubi”ning 5 nafar a'zolari(xakam) tomonidan barcha oliy o’quv yurtlaridan yuborilgan xabarlar asosida ko’rik tanlov g’oliblari aniqlanadi.
Ko’rik-tanlov g’oliblarini taqdirlash aprel oyida institutda o’tkaziladigan “Iqtidorli talaba yoshlar ilmiy anjumani”ning yakuniy bosqichida o’tkaziladi. Bu to’g’rida tanlov g’oliblari ta'lim olayotgan institut Rektorlariga oldindan xabar va Taklifnomalar yuboriladi.