phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23


Askar onalarini sharaflaymiz


2020-yil 13-yanvar kuni Namangan muhandislik-qurilish instituti “Energetika va sanoatni axborotlashtirish”  fakulteti  talabalar turar joyining majlislar zalida  “Askar onalarini sharaflaymiz” mavzusida Namangan shahri  “Mingchinor” MFY va “Furqat” MFY, O’zbekiston Respublikasi Milliy Gravdiyasi Namangan viloyati boshqarmasi bilan birgalikda ma’naviy-ma’rifiy tadbir o’tkazildi.
         Tadbirni “Furqat” MFY  raisi Saodat Xolboyeva kirish so‘zi bilan ochdi. U  yig’ilish qatnashchilarini O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 28 yilligi hamda 14-yanvar Vatan himoyachilari kuni bilan tabrikladi.  Vatanga xizmat qilish xar bir fuqaroning muqaddas burchi ekanligi alohida e’tirof etdi.
Tadbir mehmoni “Furqat” MFY fuqarosi, Zokirjon ota Egamberdiyev hozirda nabirasi harbiy xizmatda ekanligi va u bilan  faxrlanishini izhor etdi. Shuningdaek, eng oliy ne'mat  tinchlik va albatta, uning qadriga yetish kerakligini, o’tmishning ayanchli tarixiga nazar solar ekan, bugungi istiqlol bergan ozodllik hamda obodlik baxtini e’zozlash har bir yoshu keksaning burchi ekanini ta’kidladi. Qolaversa, bugun buni barcha dildan his qilishi tog’risida gapirdi.
Tadbir davomida O’zbekiston Respublikasi Milliy Gravdiyasi Namangan viloyati boshqarmasi xodimi Z.Qarshiyev, A.Ermatovlar so’zga chiqib, mamlakatimizda Milliy Gvardiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, ularning ahamiyatini aytib o’tdilar. Institutning bitiruvchi kurs talabalari orasida   ushbu sohada ishlash istagini bildirganlar uchun tegishli ma’lumotlar aytib o’tildi.

Tadbir davomida institutning talabalar turar joyi tarbiyachi-pedagogi, “Muzaffar so’z” adabiy klubi rahbari A.Kamalov O’zbekiston xalq shoiri Muhammad Yusuf qalamiga mansub “Ona” she’rini o’qib berdi. Dunyodagi eng buyuk zot-Onaga bag’ishlangan ushbu she’r tadbir qatnashchilari qalb to’ridan joy oldi. Ushbu tadbir ko’tarinki ruhda o’tdi.