phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23


Mard o`glonlar- bayram muborak!


Assalomu alaykum, professor-o’qituvchilar! Shijoatli o’zg’lonlar! Vatan osoyishtaligi yo’lidagi barcha fidoyilar!

Yurtimiz hamisha  mard va jasur farzandlari bilan faxrlanib kelgan. Vatan himoyachilari bor ekan, tunlarimiz osoyishta, kunduzlarimiz esa charog’on. Biz yashayotgan yurt tuprog`ida  gullar yashnaydi, xonadonlarda ona allasi yangraydi.
Axborot resurs markazining “ Ilmiy-uslubiy va axborot ma`lumot bo`limi” xodimlari barchangizni O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 28 yilligi va “Vatan himoyachilari” kuni bilan muborakbod etadi. Sizlarga sog’lik-salomatlik, baxt-omad tilaydi.Bayramingiz muborak, aziz Vatandoshlar ! 

Xonadon obro‘yi, taxti-erkakdir,

Bolalar quvonchi, baxti-erkakdir.
Ayollar qudrati mulki-erkakdir,
Vatanim g‘ururi ko‘rki-erkakdir.
Dasturxon qutligi - ular mehnati,
Ustimiz butligi - ular himmati.
Farzandlar chirog‘i - ular borligi,
Muhabbatning bizga mudom yorligi.
Erkaklar mardligi berur iftixor,
Ularda mehr bor va muhabbat bor.

Farzandin ertasin o‘ylovchi ular,
Oila obro‘yin qo‘llovchi ular.
Shunday yigitlarni sevar xaloyiq,
Shundayin erkaklar mehrga loyiq.


Ular elimizning sodiq posboni,
Ular bor, tinch erur yurtning osmoni.
Bayram muborakbod, aziz erkaklar,
Tilaymiz sizlarga ezgu tilaklar.
Omon bo‘ling bola, onalar uchun,
Sezing doim ayol mehrining kuchin.