phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23


Doimiy hamkorlik kelajak poydevori


Zamonamizning eng muhim mavzularidan biri bu ma'naviy- axloqiy tarbiya hisoblanadi. Bugungi kunda yosh avlodning aqliy va ma'naviy salomatligi uchun jamiyatimizda alohida e’tibor qaratilmoqda. Shubhasiz, oliy ta’limdagi ta'lim va tarbiya jarayoni ota-onalar bilan o'zaro munosabatlarni tashkil etishga asoslanishi kerak. Shu munosabat bilan Qurilish fakulteti “Jismoniy madaniyat” kafedrasi o’qituvchisi A. Satimov o’z rahbarligidagi 18-BIQ-19 guruhi talabalarining ota-onalari bilan 2019 yil 11- yanvar kuni fakultet dekani A. To’xtaboyev, yoshlar bilan ishlash bo’yicha dekan o’rinbosari X. Nishonov hamda fakultet yetakchisi O. Umarovlar ishtirokida ota-onalar yig’ilishi tashkil etdi.

Yig’ilishda ota-onalarga yurtimizda ta’lim tizimiga berilayotgan e’tibor, uzluksiz ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar va ularning natijalari, talabalar uchun yaratilgan shart sharoitlar to’g’risida ma’lumotlar berildi. Kun tartibidan o’rin olgan ijtimoiy-huquqiy, ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy mavzular bo’yicha fakultet dekani A. To’xtaboyev, dekan muovini X. Nishonovlar so’zga chqdilar. Ular ota-onalar tomonidan berilgan savollarga  atroflicha javoblar berib o’tdilar.