phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23


Vatanparvarlik-milliy yuksalish kafolati


2020-yil 13-yanvar kuni “Mashinasozlik” fakulteti dekanati hamda “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi professor-o’qituvchilari, talabalar turar joyidagi istiqomat qiluvchi va ijarada yashovchi talabalar ishtirokida “14-yanvar-Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatanimga tayanchman” tadbiri o’tkazildi.
Tadbirda “Texnologik mashinalar va jihozlar” kafedrasi mudiri R.Rustamov so’zga chiqib barchani bayram bilan qutladi. U talabalarga milliy armiyamiz qudrati haqida gapirib o’tdi. 

Yurtimiz bo’ylab o’tkazilayotgan bu kabi tadbirlar armiya va xalq yakdilligini mustahkamlashda hamda yoshlarimizni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashda,  shijoat va mardlik tuyg’ularini uyg’otishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Talabalarga tadbir munosabati bilan bir guruh Aykido federatsiyasi o’zlarining chiqishlarini namoyish etdilar.