Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23  


Vatan uchun qalqon bo’lganlar


O’zbekiston  Respublikasi  Qurolli Kuchlari  tashkil etilganligining 28 yilligi va “14-yanvar- Vatan himoyichilari” kuni munosabati bilan QMBKICH kafedrasi o’qituvchisi T.Egamberdiyeva rahbarligida bir guruh talabalar O’zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi  Namangan shahar Jinoyat qidiruv bo’limida faoliyat olib borgan Sottiqulov Mahmudjon Karimqulovich xonadoniga tashrif buyurdilar.
         Sottiqulov Mahmudjon Karimqulovich ish faoliyatini O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi  Namangan shahar Jinoyat qidiruv bo’limida  olib borgan. U o’z kasbining fidoiysi va jonkuyari edi. Boshqa hamkasblariga nisbatan qat’iyatliligi  va mardligi bilan ajralib turgan. Kasbi uning iftixori edi.

U yurtimiz sarhadlarini noqonuniy va g’araz maqsadda buzib o’tayotgan terorchilik harakatlari sodir etilgan kun o’z xizmat faoliyatini o’tash vaqtida mardlarcha halok bo’lgan.
         Ushbu insonning mardligi jasurligi,Vatanparvarligi tarixga muhrlandi. Vatani uchun o’z jonini hech ikkilanmay fido qilgan insonning turmush o’rtog’i Saidaxon opa Mahmudjon aka haqida so’zlab berdilar. Bugun farzandi Yodgoraxonning ham o’z otasi bilan faxrlanib yashayotgani uning ahdi-shijoatida namoyon bo’lgan.