phone

Devonxona: (69) 234-14-30

Qabulxona: (69) 234-15-23

 (69) 234-14-30


TEXNIK TIZIMLARDA AXBOROT TEXNOLOGIYALARI

Isomiddinov Anvarjon Inomjonovich

har kuni (yakshanbadan tashqari): 15.00-17.00.

Telefon: 97 710-16-24

E-mail: isomiddinov_a@mail.uz



1981 yil 26 mayda Namangan viloyati To’raqo’rg’on tumani datavallud topgan.1999 yili Namangan tumanidagi maxsus iqtisodiy-yuridik litseyni tamomlab, shu yili Namangan muhandislik-pedagogika institutining “Informatikava AT” ta’lim yo’nalishiga davlat granti asosida o’qishga qabul qilindi. 2003 yili bakalavriaturani imtiyozli diplom bilan tamom lab, NamMPI “O’quv bo’limi”da muhandis lavozimida o’z mehnat faoliyatini boshladi. 2004 yili Kasb ta’limi (Informatikava AT) mutaxassisligi bo’yicha davlat granti asosida magistraturaga o’qishga qabul qilindi. 2006 yili magistraturani a’lo baholar bilan tamomlagach, institutning “Informatikava AT” kafedrasida mehnat faoliyatini davom ettirdi.
A.I.Isomiddinov o’zining ilmiy-pedagogik faoliyati davomida 2007-2010 yillarda NamMPI 01.02.04 – “Deformatsiyalanuvchan qattiq jism mehanikasi” ixtisosligi bo’yicha aspiranturada, 2014-2016 yillarda esa “Katta ilmiy hodim izlanuvchilar instituti”da tehsil oldi. O’tgan yillar davomida ilmiy tadqiqot ishlarini davom ettirib, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.27.06.2017.Т.07.01 raqamli ilmiy kengash dadissertatsiya ishini himoya qilib, 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui” ixtisosligidan texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasiga ega bo’ldi.
A.I.Isomiddinov hozirda “Texniktizimlarda AT” kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
Kafedra haqida
Bugun mamlakatimizda olib borilayotgan keng ko’lamli islohotlar, ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma`naviy, ma`rifiy, madaniy va boshqa sohalardagi kata o’zgarishlar hamda yangilanishlarning zamirida hayotimizning asl mazmuni–farzandlarimizning barkamol turmush tarzini yaratishdek maqsad mujassam.
Nafaqat ta`lim va tarbiya jarayonida balki ilmiy-ishlab chiqarish hamda sanoat, qurilish, energetika, transport va boshqa ko’plab sohalarda avtomatlashtirilgan axborot tizimlari va texnologiyalarining samarali qo’llanilishi va ulardan ishlab chiqarish amaliyotida maqsadli va optimal foydalanish masalalari “Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” kafedrasi jamoasining ustivor vazifalaridan hisoblanadi.
“Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari” kafedrasi 1984 yilda “Hisoblash tеxnikasi” kafеdrasi tarkibida tashkil etilgan bo’lib, shundan buyon jamiyatimizning turli soha va yo’nalishlariga zamonaviy axborot tizimlari va tеxnologiyalarini yaxshi o’zlashtirgan, yuqori malakali, raqobatbardosh, yetuk kadrlar tayyorlashda o’zining munosib xissasini qo’shib kеlmoqda.
Kafedra tarkibi


Isomiddinov Anvarjon Inomjonovich

E-mail: isomiddinov_a@mail.uz

“Texnik tizimlarda AT” kafedrasi mudiri. Texnika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD).Ixtisosligi: 05.01.07 – “Matematik modellashtirish. Sonli usullar va dasturlar majmui”. 60 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 2 ta monografiya, 4 ta dasturiy guvohnoma, 5 ta horijiy ilmiy jurnallardagi maqolalar, 30 ta OAK ro’yhatidagi ilmiy jurnallardagi maqolalar, 5 ta xalqaro simpoziumlardagi maqolalar, shuningdek, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalardagi tezislar muallifi.

<




Abdullayeva Ozoda Safibullayevna

E-mail: aspirantka.030@gmail.com

“Texnik tizimlarda AT” kafedrasi dotsenti. Pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD). Ixtisosligi: 13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi”. Institutda 2010 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandisilk – pedagogika institutini tamomlagan. 100 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 6 ta monografiya, 3 ta uquv-uslubiyqullanma, 3 ta patent, 30 ta horijiy ilmiy jurnallardagi maqolalar, 30 ta OAK ro’yhatidagi ilmiy jurnallardagi maqolalar, 5 ta xalqaro simpoziumlardagi maqolalar, shuningdek, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalardagi tezislar muallifi. 2018 yilda “Eng yaxshi pedagog” tanlovining Respublika bosqichi g’olibi.


Mallaboyev Nosirjon Murodullayevich

E-mail: nosirjon_m@inbox.uz

“Texnik tizimlarda AT” kafedrasi kata o’qituvchisi. Institutda 1997 yildan faoliyat olib bormoqda. 1995 yil Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan. 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 20 dan ortiq o’quv-uslubiyko’rsatmalar muallifi.





Abdullayeva Nozima Xoshimovna

E-mail: nozima@inbox.uz

“Texnik tizimlarda AT” kafedrasi kata o’qituvchisi. Institutda 2001 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan sanoat-texnologiya institutini tamomlagan. 40 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 10 dan ortiqo’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi.





Olimov Abdurashid Farhodovich

E-mail: aof1975@umail.uz

“Texnik tizimlarda AT” kafedrasi katta o’qituvchisi. Institutda 2006 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandisilk-pedagogika institutini tamomlagan. 25 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 8 dan ortiq o’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi. Hozirda ilmiy rahbar: pedagoika fanlari doktori, professor N.I.Toyloqov rahbarligida “Oliy ta’lim muassasasi axborot-resurs markazida elektron o’quv adabyotlarini shakllantirish mehanizmini takomilashtirish” mavzusida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.





Dadamirzayev Muzaffar G’ulomqodirovich

E-mail: muzadada@inbox.uz

“Texnik tizimlarda AT” kafedrasi kata o’qituvchisi. Institutda 2004 yildan faoliyat olib bormoqda.Namangan muhandisilk – pedagogika institutini tamomlagan. 30 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar, 10 dan ortiq o’quv-uslubiyko’rsatmalar muallifi. Hozirda NamMTI professori, f.m.f.d N.Yu.Sharibayev rahbarligida ilmiy tadqiqot ishlarini olib bormoqda.





Niyazova Naima Abdullajonovna

E-mail: naima.82@inbox.uz

“Texnik tizimlarda AT” kafedrasi kata o’qituvchisi .Institutda 2007 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandislik – pedagogika institutini tamomlagan. 35 dan ortiq ilmiy maqola va tezislar chop etgan. Jumladan, 6 ta horijiy ilmiy jurnallardagi maqolalar, 1 ta patent, 2 ta dasturiy guvohnoma, shuningdek, 20 dan ortiq uslubiy ko’rsatmalar muallifi.
Hozirda “Bo’lajak kasb ta’limi o’qituvchilarini modulli fanlar aro integratsiya asosida o’qitish orqali kasbiy kompetensiyalarini rivojlantirish texnologiyasi (Texnika oliy ta’lim muassasalarida “Axborot texnologiyalari” fanini o’qitish misolida)” mavzusida pedagogika fanlari doktori Ximmataliyev Do’stnazar Omonovich rahbarligida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.


Xasanov Adxamjon Akramovich

E-mail: adhamjon_05@mail.ru

“Texnik tizimlarda AT” kafedrasi o’qituvchisi. Institutda 2019 yildan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhandisilk – pedagogika institutini tamomlagan. 35 dan ortiq ilmiy ishlar, jumladan, 3 ta dasturiy guvohnoma, 2 ta horijiy ilmiy jurnallardagi maqolalar, 5 ta OAK ro’yhatidagi ilmiy jurnallardagi maqolalar, shuningdek, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy konferensiyalardagi tezislar muallifi.
Hozirda TATU huzuridagi AKTilmiy-innovatsion markazi “Regulyatorika” laboratoriyasi professori, t.f.d. M.B. Hidirova rahbarligida “Qalqonsimon bezfollikularaki regulyatorikasini matematik modellashtirish” mavzusida ilmiy izlanishlar olib bormoqda.





Xolmirzayev Ilxom A’loxonovich

E-mail: i.xolmirzayev@umail.uz

“Texnik tizimlarda AT” kafedrasi o’qituvchisi. Institutda 2014 yil dan faoliyat olib bormoqda. Toshkent axborot texnologiyalari institute Farg’ona filialini tamomlagan. 20 dan ortiq ilmiy maqola, tezis va o’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi.





Normatov Aziz Muhammatrizoevich

E-mail: aziz_8235@umil.uz

“Texnik tizimlarda AT” kafedrasi o’qituvchisi. Institutda 2011 yil dan faoliyat olib bormoqda. Namangan muhadislik-pedagogika institutini tamomlagan. 10 dan ortiq ilmiy maqola, tezis va o’quv-uslubiy ko’rsatmalar muallifi.





Kafedra faoliyati Bugungi kunda “Texnik tizimlarda AT” kafedrasi professor-o’qituvchilari tomonidan quyidagi fanlar bo’yicha ma’ruza, amaliy va tajriba dars mashg’ulotlari olib borilmoqda:
I. Uzluksiz ta’limning bakalavriatura bosqichida:
1. Qurilishda axborot texnologiyalari.
2. Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari.
3. Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish
4. Kompyuterli loyihalash.
5. Axborotlarga ishlov berish va algoritmlash
6. Energetikaning matematik masalalari
7. Menejment tizimida AT
II. Kazan Federal Universiteti va NamMQI hamkorligida tashkil etilgan yo’nalishlarda:
1. Axborot texnologiyalari va jarayonlarni matematik modellashtirish
2. Texnik tizimlarda axborot texnologiyalari
3. Texnik tizimlarda informatika va axborot texnologiyalari
4. Iqtsodiyotda axborot kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlari
Kafedra tasarrufida zamonaviy axborot va kommunikatsion texnologiyalar bilan jihozlangan, ma’ruza mahg’ulotlari uchun 2 ta oquv auditoriyasi, amaliy va tajriba dars mashg’ulotlari uchun esa, 3 ta kompyuter honasi mavjud bo’lib, ular zamonaviy dasturiy va texnik vositalar bilan ta’minlangan.
O.S.Abdullaеva 2018 yilda “O’zbеkiston ayollarning100 eng yaxshi innovatsion loyihalari” Rеspublika tanlovi “Eng yaxshi EXM uchun yaratilgan dastur va ma`lumotlar bazasi” nominasiyada “Android mobil platformasi uchun pеdagogik lug’at ilovasi” mavzusi bilan qatnashib, faxrli 1 o’rinni olgan vatanlov g’olibi bo’lgan.
2018-2019 o’quv yilining dastlabki oylarida “Texnik tizimlarda AT” kafedrasi reytingini yanada oshirishga hizmat qiluvchi muhim natija qo’lga kiritildi, ya’ni ”Oliy ta’lim muassasining eng yaxshi pedagogi” nominatsiyasi bo’yicha Respublika bosqichi tanlovida kafedra a’zosi O.S.Abdullaеva o’zining “Web-quest-online o’qitishning innovatsion ta’lim texnologiyalari” mavzusidagi innovatsion konsepsiyasi bilan ishtirok etdi va faxrli birinchi o’rinni egalladi.Kafedra professor-o’qituvchilari institutda va boshqa oliy ta’lim muassasalarida o’tkazib kelinayotgan ilmiy-amaliy anjumanlarda munosib ishtirok etib,“Eng yaxshi ilmiy ishlanma”, “Eng yaxshi ma’ruzachi”, “Eng yaxshi ilmiy g’oya” kabi nominatsiyalar bo’yicha sovrinli o’rinlarni egallab kelishmoqda.

Ta’lim sifatini oshirish, talabalar bilan ishlash mexanizmini takomillashtirish maqsadida, kafedrada“Ustoz-shogird” tizimi tashkil etilgan bo’lib, mazkur tizim asosida kafedra yosh o’qituvchilariga ilmiy, pedagogik va metodik tavsiyalar, maslahat va ko’rsatmalar berib kelinmoqda.
Shuningdek, kafedraning hududdagi kasb-hunar ta’limi maskanlari va o’rta maktablar bilan o’zaro hamkorlik faoliyati yo’lga qo’yilgan bo’lib, kafedra professor-o’qituvchilari muayyan reja asosida tegishli kasb-hunar ta’limi maskanlari va o’rta maktablarga tashrif buyurib, kollej va maktab jamoalari bilan hamkorlikda ma’naviy-ma’rifiy hamda o’quv-uslubiy sohalarda turli tadbirlar va mashg’ulotlar olib borishmoqda.
Kafedra professor-o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqilgan o’quv-uslubiy materiallar, axborot texnologiyalariga oid o’quv-uslubiy majmualar, dars o’tish uchun tayyorlangan didaktik materiallar, shuningdek o’rgatuvchi dasturlar, interaktiv trening dasturlari, virtual tajriba stendlari, dars mashg’ulotlari uchun mo’ljallangan video roliklar va boshqa o’quv materiallarini tegishli kollej va maktab pedagogik jamoalariga taqdim etgan holda metodik yordam ko’rsatilmoqda.
Kafedraning ilmiy faoliyati
“Texnik tizimlarda AT” kafedrasi va O’zRFA Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti“Mashinalar dinamikasi va texnologik jarayonlar muammolari” laboratoriyasining o’zaro ilmiy hamkorlik shartnomasi mavjud bo’lib, ushbu shartnomaga muvofiqБФ-1-023–“Исследование закономерностей технологического процесса вертикально-шпиндельных хлопкоуборочных машин для разработки технологии одноразового сбора хлопка в сжатые сроки и без потерь в зоне рискованного земледелия” mavzusidagi, bajarilishi 2017-2020 yillarga mo’ljallangan davlat granti doirasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
“Texnik tizimlarda AT” kafedrasi va TATU huzuridagi AKT ilmiy-innovatsion markazi “Algoritmizatsiya” laboratoriyasining o’zaro ilmiy hamkorligi doirasida БВ-М-Ф4-004–“ Разработка принципов алгоритмизации в теории управляющих систем” mavzusidagi, bajarilishi 2017-2020 yillarga mo’ljallangan davlat granti bajarilmoqda.
Toshkent axborot texnologiyalar universitetining №BV-Atex-2018-267 “Halqaro to’lov tizimlar integratsiyalashgan milliy elektron savdo maydonchasini ishlab chiqish va amalga oshirish” mavzusidagi 2017-2020 yillarga mo’ljallangan davlat granti bajarilmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari hamda ishlab chiqarish tarmoqlari, korhona, tashkilot va firmalar o’rtasida o’zaro ilmiy-amaily hamkorlik, shuningdek, pulli hizmat ko’rsatish va servis faoliyatlarini samarali tashkil etish masalalari bo’yicha “MEGA ASIA DIZAYN STROY” MCHJ bilan jami 3,0 mln so’mlik o’zaro hamkorlik shartnomasi (shartnoma raqami: №07)tuzilgan bo’lib, shartnomada ko’rsatilgan hizmat turlari bo’yicha samarali faoliyat olib borilmoqda.
Kafedraning ma’naviy-ma’rifiy ishlari

Ma`naviy-ma`rifiy, tarbiyaviy ishlar «Tеxnik tizimlarda AT» kafеdrasi jamoasining har lahzadagi dolzarb faoliyat yo’nalishlaridandir. Belgilangan ma`naviy-ma`rifiy ishlar va madaniy tadbirlar rеjalari asosida kafedra jamoasi tizimli ishlar olib bormoqdalar. Rejada belgilangan tadbirlar, ularning mazmun-mohiyati – talabalarni Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarimizni asrab avaylash, ularga hurmat bilan qarash, yoshlarni insonparvarlik ruhida tarbiyalash, atrof-muhitni va institut mulkini saqlash, kiyinish madaniyati kabi maqsadlarga yo’naltirilgan. Kafеdra profеssor-o’qituvchilari ma`naviy-ma`rifiy sohada bеlgilab qo’yilgan vazifalar va buyuk mutafakkirlar mе’roslarini ma`ruza, amaliy va tajriba darsmashg’ulotlarida, murabbiylik soatlarida, «Talabalar turar joyi»dagi navbatchilik jarayonlarida talabalarga muntazam ravishda o’rgatib kеlmoqdalar.
Shuningdek, joriy yilda kafеdra profеssor-o’qituvchilari tashabbusi bilan ma`naviy ishlar rеjasi asosida turli xil tadbirlar muntazam o’tkazilmoqda.Bundan tashqari kafedra professor-o’qituvchilari viloyatimizning turli hududlaridagi maktablarga reja asosida tashrif buyurib, o’quvchi yoshlar bilan uchrashuvlar, ochiq muloqotlar va dars mashg’ulotlarini olib borishmoqda.


To’garaklar
Kafedra qoshida “Yosh dasturchi”, “Kompyuter ustasi” kabi to’garaklar tashkil etilgan bo’lib, mazkur to’garaklar talabalarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazishda, ularning zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari va tizimlariga oid bilim, ko’nikma va malakalarini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.