| | |
Saytdan izlash    
BINO VA INSHOOTLAR QURILISHI

Alimov Xorisboy Latifovich

Qabul vaqti:

Telefon:

E-mail: alimov1958@list.ru



Kafedra 1982 yil 1- sentyabrda tashkil topgan. Kafedra faoliyati davomida tayyorlangan 6 mingdan ziyod yuqori malakali mutaxassislar, xalq xo‘jaligining turli sohalarida, shuningdek ta’lim muassasalarida faoliyat olib bormoqdalar. Hozirgi kunda kafedrada 18 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatayotgan bo‘lib, ularning 1nafari fan doktori, professor, 5 nafari fan nomzodi-dotsentlar, 6 nafari katta o‘qituvchi, 7 nafari o‘qituvchi  hamda kabinet mudiri va laborantlardan iborat. SHuningdek, kafedrada 5A340201 Bino va inshootlar qurilishi (energiya samarali binolar) magistratura mutaxassisligi hamda 05.09.01 Qurilish konstruksiyalari, bino va inshootlar tayanch doktorantura faoliyat olib bormoqda.

Bakalavr yo‘nalishi bo‘yicha ta'lim olayotgan talabalar va professor-o‘qituvchilarning zamonaviy axborot texnologiyalari va texnik vositalaridan samarali foydalanishlari uchun kafedrada yetarli sharoitlar yaratilgan. Kafedra ixtiyorida oxirgi rusumdagi kompyuterlar bilan jihozlangan sinf xonasi mavjud bo‘lib, unda ma'ruza va amaliy mashg‘ulotlarni zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalar asosida olib borish uchun videoproektorlar bilan jihozlangan. Chet el olimlarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari va ular yaratgan adabiyotlar hamda maqolalar bilan muntazam tanishib borishlari uchun sinf kompyuterlari internetga ulangan.

Iqtidorli talabalar o‘zlarining ilmiy-tadqiqot ishlari natijalari bo‘yicha kafedra seminarlarida, institut va respublika miqyosidagi o‘tkazilayotgan ilmiy-amaliy anjumanlarda ma'ruzalari bilan ishtirok etib kelmoqdalar.

Kafedra professor-o‘qituvchilarining 3 nafari ilmiy-tadqiqot ishlarini bajarish bo‘yicha xorijiy OTMlar bilan tuzilgan shartnomalar asosida Xitoy Xalq Respublikasining Vuxan texnologiya universiteti hamda Chongching universiteti va Bolgariyaning Angel Kanchev nomidagi Ruse universitetida ilmiy stajirovka o‘tab qaytgan.

Kafedra katta o‘qituvchilari R.Mavlonov (o‘ngdan ikkinchi), O.Fozilov (o‘ngdan uchinchi) Xitoy Xalq Respublikasining Vuxan texnologiya universiteti laboratoriya binosida

Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarga ma'ruza, amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlarni olib borishda zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari asosida kafedra tasarrufidagi barcha fanlar bo‘yicha ma'ruzalar matni, amaliy mashg‘ulotlar va kurs loyiha (ishi) larini bajarish bo‘yicha uslubiy ko‘rsatmalar hamda o‘quv uslubiy majmualar ishlab chiqilgan. Shuningdek, kafedrada olib borilayotgan ilmiy-tadqiqot ishlari natijasi asosida xalqaro, respublika jurnallarida ilmiy maqolalar va monografiya chop ettirilgan hamda o‘quv qo‘llanmalar yaratilgan.

Kafedra olimlari tomonidan 2009-2011 yillarda dots. S.J.Razzaqov rahbarligida 16-015 “Yakka tartibdagi turar-joy binolarini oldindan seysmik mustahkamligini aniqlash” mavzusi buyicha loyiha ishlari yakunlandi. Shuningdek, dots. S.J.Razzaqov rahbarligida 2015-2017 yillarda “Temirbeton konstruksiyali bino va inshootlar elementlarining mustahkamlik, zilzilabardoshlik va deformatsiya xossasiga ega hamda uzoq muddatga chidamliligini ichki va tashqi muhitlardan kompleks ta'sirlarini tadqiq qilish” mavzusidagi Davlat granti loyihasi bajarilib uning natijalari ishlab chiqarishga joriy qilinib kelinmoqda. Bajariladigan ilmiy-tadqiqot ishlarining asosiy mohiyati xalq xo‘jaligidagi bino va inshootlarning seysmik mustahkamligini aniqlash, qurilish materiallari va buyumlari tayyorlashda elektr energiya va material tejamkorligi, sanoat chiqindilaridan tayyor temirbeton buyumlari ishlab chiqish bilan yonilg‘i va material tejamkorligiga erishish kabi mavjud muammolarni hal qilishga qaratilgan.







Alimov Xorisboy Latifovich

E-mail: alimov1958@list.ru

Sanoat va fuqaro qurilishi

1984 yili Toshkent politexnika institutining Namangan filialini tugatgan. 1992 yili «Qoziq poydevorli inshootlarning dinamik xarakteristikalarini aniqlash» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanma va 100 ga yaqin ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.







Razzaqov Sobirjon Jo‘rayevich

E-mail: sobirjonrsj@gmail.com

Sanoat va fuqaro qurilishi

1984 yili Toshkent politexnika institutini tugatgan. 1991 yil “Sterjenli tom yopma konstruksiyalarining kuchlanganlik–deformatsiyalanuvchanlik holatiga dinamik yuklarning ta'siri” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasini, 2017 yili “Mustahkamligi kichik materiallardan tiklangan xususiy turar-joy uylarining konstruksiyaviy va seysmik havfsizligini baholash” mavzusidagi doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilib DSc darajasini olgan. 2 ta o‘quv qo‘llanma, 3 ta monografiya, 4 ta mualliflik guvohnomasi va 120 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.






Hakimov SHukrullo Abdurahmonovich

E-mail: pgs.konf2018@gmail.com

Sanoat va fuqaro qurilishi

1979 yili Farg‘ona politexnika institutini tugatgan. 1989 yili “yengil betonlarni hususiyatlari va qotishi” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 ta darslik, 2 ta o‘quv qo‘llanma va 80 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi.







Rahimov Akmalxon Mamatxonovich

E-mail: raximov.akmalxon.1957@gmail.com

Sanoat va fuqaro qurilishi

1979 yili Toshkent politexnika institutini tugatgan. 1990 yili “Quruq issiq iqlim sharoitida temirbeton konstruksiyalarni qotishini tezlashtirishda issiqlik ishlovini tejash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 3 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya va 100 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi.







Xusainov Muxammadalixon Avliyaxonovich

E-mail: pgsnauka@gmail.com

Sanoat va fuqaro qurilishi

1985 yili Toshkent politexnika institutini tugatgan. 1996 yili “Uy-joy qurilishining istiqboldagi rivojlanishini maqbullashtirish” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 ta o‘quv qo‘llanma, 1 ta monografiya va 70 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi.







Xodjiyev Nosir Raximjanovich

E-mail: nosir63@mail.ru

Qurilish-injeneri, iqtisodchi

1984 yili Toshkent politexnika institutining Namangan filialini tugatgan. 1990 yili “Binolarda nochiziqli harakatga ega bo‘lgan seysmik himoya vositalarini hisoblash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1 ta qo‘llanma va 50 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.







Saidmamatov A'lamxon Turdaliyevich

E-mail: saidmamatov.1961@gmail.com

Qurilish-injeneri, iqtisodchi

1983 yili Toshkent politexnika institutini tugatgan. 1993 yili “Zilzilabardosh karkasli temirbeton konstruksiyalari ko‘rsatkichlarini optimallashtirish natijasiga uning qayishqoqlik-plastiklik, nochiziqlik va fazoviylik holatlarini ta'sirini baxolash” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1ta monografiya 35 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi.







Axmedov Paxritdin Sayfiddinovich

E-mail: pahritdin.1959@gmail.com

Sanoat va fuqaro qurilishi

1981 yili Toshkent politexnika institutini tugatgan. 2 ta o‘quv qo‘llanma va 70 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.







Xolboyev Zokirjon Xodiyevich

E-mail: zxx_7712407@mail.ru

Sanoat va fuqaro qurilishi

1989 yili Toshkent politexnika institutining Namangan filialini tugatgan. 30 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.







Jo‘rayev Baxtiyor G‘ulomjonovich

E-mail: jurayevbaxtiyor74@gmail.com

Sanoat va fuqaro qurilishi

1996 yili Namangan sanoat texnologiya institutini tugatgan. 30 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.







Kovtun Irina Yurevna

E-mail: irinakovtun694@gmail.com

Sanoat va fuqaro qurilishi

1989 yili Toshkent politexnika institutining Namangan filialini tugatgan. 30 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.







Mavlonov Ravshanbek Abdujabborovich

E-mail: ravshanbek.mavlonov@gmail.com

Kasb ta’limi (Binolar va inshootlar qurilishi)

2008 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini bakalavr, 2010 yili magistraturasini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 20 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.







Fozilov Odiljon Qobiljonovich

E-mail: odiljon.690.21.03@gmail.com

Kasb ta’limi (Binolar va inshootlar qurilishi)

2010 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini bakalavr, 2012 yili magistraturasini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 20 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.







Maqsud o‘g‘li Baxtiyor

E-mail: maqsudoglibaxtiyor1983@gmail.com

Kasb ta’limi (Binolar va inshootlar qurilishi)

2006 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini bakalavr, 2008 yili magistraturasini tamomlagan. 20 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.







Eshonjonov Jaxongir Baxromjonovich

E-mail: jahongir3eshonjonov@gmail.com

Kasb ta’limi (Binolar va inshootlar qurilishi)

2009 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini bakalavr, 2011 yili magistraturasini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 20 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi







Egamberdiyev Ismoil Xayitmirzaevich

E-mail: ismoil.egamberdiev.1989@gmail.com

Kasb ta’limi (Binolar va inshootlar qurilishi)

2012 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini bakalavr, 2014 yili magistraturasini tamomlagan. 10 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.







Martazayev Abdurasul SHukirillayevich

E-mail: abdurasul.mash@gmail.com

Kasb ta’limi (Binolar va inshootlar qurilishi)

2012 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini bakalavr, 2014 yili magistraturasini tamomlagan. 10 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.







Mamadov Baxodir Alisherovich

E-mail: mamadov.boxodir85@gmail.com

Kasb ta’limi (Binolar va inshootlar qurilishi)

2009 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini bakalavr, 2011 yili magistraturasini tamomlagan. 10 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.







CHo‘lponov Olimjon G‘ofurjonoviya

E-mail: chulponovolim@gmail.com

Kasb ta’limi (Binolar va inshootlar qurilishi)

2006 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini bakalavr, 2008 yili magistraturasini tamomlagan. 20 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.







Mo‘minov Kamoliddin Komiljonovich

E-mail: kamoliddin.komiljonovich.86@gmail.com

Kasb ta’limi (Binolar va inshootlar qurilishi)

2008 yili Namangan muhandislik-pedagogika institutini bakalavr, 2010 yili magistraturasini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. 10 dan ziyod ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.







QABUL KOMISSIYASI RAISLARI
Prezident qaror va farmonlari
Hamkorlar
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmpi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward