| | |
Saytdan izlash    
MATERIALLAR QARSHILIGI VA MEXANIKA

Tillaboyev Yodgorjon Kenjaboyevich

Qabul vaqti: har kuni (yakshanbadan tashqari): 15.00-17.00.

Telefon: 97 230-19-70

E-mail: yo_tillaboyev @umail.uz






Kafedra tarixi

         "Materiallar qarshiligi va mexanika" kafedrasi 1982 yil dekabr oyida "Umumtexnika fanlari" kafedrasidan ajralib chiqqan. Kafedra dastlab 3 ta fan nomzodi (P.Abduraximov, A.Qambarov va N.Turg’unov) va 5 ta assistentlar (V.Zavistovskiy, U.Mamadaliyev, J.Daminov, I.Narzullayev va A.Raximov) bilan ish faoliyatini boshlagan. Kafedraga texnika fanlari nomzodi P. Abduraximov 1992 yilgacha rahbarlik qilgan. Jamoani  1994-1999 yillarda dotsent A.Hakimov, 1992-94 va 1999-2013 yillargacha professor Sh.S.Yuldashev boshqarganlar. 2013-2018  yillarda dotsent J.A.Daminov boshqargan. 2018  yildan boshlab dotsent Yo.K.Tillaboyev kafedra mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 





         1982-1998  yillar davrida  kafedrada  assistent  lavozimida ishlab kelgan Hakimov A.F., Zavistovskiy V.E., Alimov X.L., Matkarimov P.J., Daminov J.A, Mahmudov Z.S., Mamadaliyev U.M., Saidov S.M., Sultonov T., Umarxonov S.I. lar  nomzodlik dissertatsiyalarini  va Yuldashev Sh.S., Matkarimov P.J. doktorlik dissertatsiyalarini muvafaqqiyatli himoya qildilar.

Hozirgi vaqtda kafedrada 1 ta fan doktori, 6 ta fan nomzodi, 4 ta katta o’qituvchi va 3 ta assistent hamda 2 ta texnik xodimlar faoliyat ko’rsatmoqdalar. 

         Kafedra o’qituvchilari  talabalarga “Nazariy mexanika”, “Mexanika 1”, “Mexanika 2”, “Mexanika3”, “Umumiy mexanika”, “Amaliy mexanika”, “Materiallar qarshiligi” va “Qurilish mexanikasi” fanlaridan bilim berib kelmoqda. 


         Kafedra tasarrufidagi 107 va 108- xonalar ma’ruza va amaliy mashg’ulotlar uchun, 109-xona tajriba ishlari uchun hamda 105-xona amaliy mashg’ulotlar o’tkazishga mo’ljallangan bo’lib, darslarni ilg’or pedagogik va axborot texnologiyalari asosida o’tish uchun barcha sharoitlar yaratilgan. 108-xonasi kompyuter va videoproektor bilan jihozlangan.  Bu xona zamonaviy elektron doska bilan jihozlangan va unga “O’qituvchi” dasturi yuklangan. O’qituvchi elektron doska bilan ishlash bilan birgalikda talabalarning darslarni o’zlashtirish ko’rsatkichlari yoki oraliq nazoratlarini bir vaqtning o’zida 60 ta talabani baholashi va tezkor tahlil etishi mumkin.
         Hozirgi kunda institutda ustoz professor Sh.S. Yuldashevning “Deformasiyalanuvchi qattiq jismlar mexanikasi” ixtisosligi bo’yicha ilmiy maktabi yaratilgan. Olib  borilayotgan ilmiy ishlar natijasini professor Sh.S.Yuldashev, va P.J. Matkarimovlar rahbarligida bajarilgan va bajarilayotgan 4 ta davlat granti misolida ko’rish mumkin. 
         2007-2011 yillarga mo’ljallangan “Turg’un bo’lmagan elastik to’lqinlarning bir jinsli bo’lmagan yarim fazoda tarqalishini turli xil ekranlarni hisobga olgan holda o’rganish, muhitning mexanik xarakteristikalarini tajriba yo’li bilan aniqlash va kuchlanganlik-deformatsiya holatini tadqiq qilish” mavzusidagi  fundamental loyiha bajarilgan. Loyihada P.J.Matkarimov, S.I.Umarxanov, J.A.Daminov, S.M.Saidov, U.M.Mamadaliyev, Sh.Jumaboyeva va boshqalar ishtirok etishgan. Olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar loyiha tashkilotlariga va  ilmiy-pedagogik faoliyatga tadbiq etish uchun qulay shaklga keltirilgan hamda olingan yangi ma’lumotlar asosida Sh.S.Yuldashev va P.J.Matkarimov tomonidan 2014 yilda "Распространение вибраций в грунтах от транспортных средств и выброзащитные системы" nomli monografiya yozildi va chop etildi.

        2009-2011 yillarga mo’ljallangan “Namangan shahri uchun seysmik havfsizlikni ta’minlash ilmiy-amaliy asoslarini yaratish va bo’lishi mumkin bo’lgan zilzilalarda zararni kamaytirish bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqish” mavzusidagi amaliy loyiha bajarilgan. Loyiha ishtirokchilari J.Jumaboyeva, J.Goyipov, A.A. Baxodirov va boshqalar. Olingan natijalar asosida ishlab chiqilgan amaliy tavsiyalar Namangan viloyati favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga hamda NamMPIga amaliyotda qo’llash uchun topshirildi. 

2012-2016 yillarga mo’ljallangan “Elastiklik nazariyasining dinamik masalasi - uch o’lchamli bo’lak-bo’lak jinslardan iborat bo’lgan uzluksiz yarim fazoda harakatlanuvchi yukdan hosil bo’ladigan to’lqinlarning tarqalishini tadqiq qilish” mavzusidagi  fundamental loyiha hozirgi kunga bajarilgan. Loyiha ishtirokchilari P.J.Matkarimov, J.A. Daminov, S.M.Saidov, Sh.Jumaboyeva, M.Nabiyev va boshqalar. Loyiha natijalaridan olingan tavsiyalar ishlab chiqarishga yoki ilmiy pedagog jarayonga tadbiq etish rejalashtirilgan.

P.J. Matkarimov rahbarligida 2015-2017 yillarga mo’ljallangan davlat granti  A-14-8+(14-11) “Seysmik kuch ta’sirida suv inshootlari mustahkamligi, suv inshootlarini gruntning real fizik mexanik xarakteristikalari va elastik-plastik deformasiyalanishi va temir beton konstruktsiyali bino va inshootlar elementlarining mustahkamlik, zilzilabardoshlik va deformasiya xossasiga ega hamda uzoq muddatga chidamliligini ichki va tashqi muhitlardan kompleks ta’sirlarini tadqiq qilish mavzusidagi amaliy ilmiy-tadqiqot ishilari yakunlandi.

Kafedradan yetishib chiqqan yuqori malakali kadrlardan turli yillarda rahbarlik lavozimlarida ishlaganlar

Rektorlar:

1. Matkarimov P.J.-2006 yildan hozirgi kungacha (NamMPI)
2. Xakimov A.F. – 2011-2016 yil (QDPI)

Prorektorlar:

1. Alimov X.L. - 1998 - 2000 yillar;
2. Mahmudov Z.S. - 2001-2004 yillar;
3. Xakimov A.F. - 2006-2011 yillar;
4. Matkarimov P.J. - 2005-2006 yillar;
5. Yuldashev Sh.S. - 2006-2007 yillar;
6. Umarxanov S.I. - 2014 yildan hozirgi kungacha.

Dekanlar:

1. Yuldashev Sh.S. - 1994-1999 yillar;
2. Xakimov A.F. - 1999-2000 yillar;
3. Alimov X.L. - 2000-2004 yillar;
4. Matkarimov P.J. - 2005-2006 yillar;
5. Mahmudov Z.S. - 2005-2006 yillar.

       Professor Sh.S.Yuldashev O’zbekiston Respublikasi OAK ning texnika fanlari bo’yicha ekspert kengashi a’zosi sifatida faoliyat olib bormoqda.

Hozirgi paytda professor SH.S. Yuldashev va professor P.J.Matkarimovlar shogirdi  T.Sultanov Toshkent irrigatsiya va melioratsiya institutining ilmiy ishlar bo’yicha prorektori lavozimida ishlamoqda. U 2014 yil 27 dekabrda doktorlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qildi.  Kafedre doktoranti Nishonov N. 2017 yil dekabr oyida doktorlik dissertatsiyasini muffaqiyatli himoya qildi.

“Materiallar qarshiligi va mexanika” kafedrasi qoshida 2010-yildan professor SH.S. Yuldashev va professor P.J.Matkarimovlar ilmiy maktabi asosida 01.02.04-“Deformasiyalanuvchi qattiq jism mexanikasi” ihtisosligi bo’yicha doktorantura xozirgi kunga qadar o’z faoliyatini olib bormoqda. Bu yillar davomida kafedra doktoranti N.Nishonov va A.Isomiddinovlar muddatidan oldin mos ravishda 2017 va 2018  yillarda ilmiy ishlarini himoya qilganlar. Xozirgi kunda  M.Karabayeva doktoranturani mufaqqiyatli tamomlab himoya qilish arafasida.

DOKTORANTURAGA MARXAMAT !!!

Kafedrani ilmiy sohada erishgan natijalari:

 

        Mavzuning  har bir qismi bo’yicha, jami ikkita doktorlik va beshta fan nomzodligi dissertasiyalari yoqlandi. 270 dan ortiq ilmiy maqolalar O’zbekiston Respublikasi va xorijiy jurnallarda chop etildi. Qilingan ilmiy ishlardan olingan natijalar Toshkent metropoliteni qurilishi hamda Moskva shahrining uchinchi transport halqa yo’l qurilishida tadbiq etildi. F-4-23 “Elastiklik nazariyasining dinamik masalasi uch o’lchamli bo’lak-bo’lak jinslardan iborat bulgan uzluksiz yarim fazoda harakatlanuvchi yukdan hosil bo’ladigan to’lqinlarning tarqalishini tadqiq qilish” mavzusi bo’yicha olingan natijalar Qo’qon mintaqaviy temir yo’l uzeli tomonidan amaliyotga qo’llash uchun qabul qilindi. Professor P.J.Matkarimov tomonidan Materiallar qarshiligi fani bo’yicha darslik chop etildi. Bu darslik 2011 yildagi Respublika miqyosida o’tkazilgan tanlovda g’olib chiqib, III-darajali diplom bilan taqdirlandi. 

O’zR. Davlat patent idorasi tomonidan rasmiy qayit etilib patent olingan ilmiy ishlar ro’yxati:

 

  1. EHM uchun “DINAMIKA. FOR” dasturi.  Свидетельство №255 об официальной регистрации Гос. Потентное ведомст во ГКНТ Руз. 19.06.1999г. M.Mirsaidov, D.F.Rumi, T.Z.Sultanov, Р.J.Matkarimov. 
  2. EHM uchun “Namlik. for” dasturi.  Guvohnoma № DGU 00331 O’zR. Davlat patent idorasi, 06.06.2000 y.  M.Mirsaidov, T.Z.Sultanov, P.J.Matkarimov, B.SH.Yuldashev.
  3. EHM uchun “Cob-form.for” dasturi.  Guvohnoma № DGU 00374 O’zR. Davlat patent idorasi, 07.10.2000 y.  M.Mirsaidov, T.Z.Sultanov, P.J.Matkarimov, SH.Xudaynazarov. 
  4. EHM uchun “Seismika.for” dasturi.  Guvohnoma № DGU 00431 O’zR. Davlat patent idorasi, 09.07.2001 y.  M.Mirsaidov, P.J.Matkarimov, B.SH.Yuldashev.
  5. EHM uchun “GID-STAT. FOR” dasturi.  Guvohnoma № DGU 01236, O’zR. Davlat patent idorasi, 20.02.2007 y.  M.Mirsaidov, T.Z.Sultanov, P.J.Matkarimov, B.SH.Yuldashev. 
  6. EHM uchun “GT_DIN_2. FOR” dasturi.  Guvohnoma № DGU 01933//, O’zR. Davlat patent idorasi, 28.04.2010 y.  P.J.Matkarimov, Z.X.Xolboev. 
  7. EHM uchun “GT_DIN_1. FOR” dasturi.  Guvohnoma № DGU 01944//, O’zR. Davlat patent idorasi, 19.05.2010 y.  P.J.Matkarimov, Z.X.Xolboev.
  8. “Seysmik kuchlar ta’sirida gruntli to’g’onlarning dinamik holatini aniqlash”.  Guvohnoma № DGU 03277//, O’zR. Davlat patent idorasi, 22.06.2015 y. P.J.Matkarimov.
  9. “Tekis sathda joylashgan temir yo’l polotnosida poezd harakati natijasida tarqaladigan vibratsiya darajasini aniqlash”.         Guvohnoma № DGU 04309  O’zR. Davlat patent idorasi, 21.02.2017 y. Yuldashev SH.S., Qoraboeva M.U.

        Professorlar Sh.S.Yuldashev va P.J.Matkarimovlar  tomonidan "Transport vositalaridan hosil bo’lgan vibratsiyaning gruntda tarqalishi va vibratsiyadan himoya qilish sistemalari" mavzusidagi monografiya chop etildi.
        Kafedra Respublikamizning boshqa oliy o’quv yurtlari, ilmiy-tadqiqot institutlari va chet mamlakatlarning ilmiy markazlari bilan kadrlar tayyorlash va ilmiy ishlar bo’yicha hamkorlik qilmoqda.







Tillaboyev Yodgorjon Kenjaboyevich

1970 yil 26 yanvarda Namangan viloyati, Yangiqo’rg’on tumani, Bekobod qishlog’ida o’qituvchi oilasida tug’ilgan. 1987-1992 yillarda ToshDU talabasi, 1992-1993 yillarda Namangan viloyati iqtidorli bolalar maxsus maktab internat litseyi fizika o’qituvchisi, 1993-1995 yillarda “Hisoblash texnikasi” kafedrasi assistenti, 1996-1999 yillarda O’zR FA ning M.T.O’rozboyev nomli "Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi" instituti kunduzgi bo’lim aspiranti, 1999-2000 yillarda mazkur institutning kichik ilmiy xodimi, 2000 yilda O’zbekiston Milliy Universiteti qoshidagi ixtisoslashtirilgan kengashda "Gazli suyuqlik aralashmasi harakatida gaz pufakchalari deformatsiyasini hisobga olgandagi gidrodinamik effektlar" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 2000-2001 yillar "Hisoblash texnikasi" kafedrasining katta o’qituvchisi, 2001-2006 yillarda "Hisoblash texnikasi" kafedrasi mudiri, 2006-2015 yillarda kafedra dotsenti lavozimlarida ishlab keldi. 2015-2018 yillarda kafedra dotsenti lavozimida ishlagan. 2018-yildan "Materiallar qarshiligi va mexanika" kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 32 ta ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.


Matkarimov Paxriddin Jo’rayevich

1965 yil 3 iyunda Kosonsoy tumani Qo’qimboy qishlog’ida xizmatchi oilasida tavallud topgan. 1989 yilda ToshPI Namangan filialining "Qurilish" fakul’tetini "Gidrotexnik inshootlar" mutaxassisligini tamomlagan. 1993 yilda "Inshoot-zamin" tekis sistemasining tebranishi va gruntdagi vibratsiya darajasini pasaytirish yo’llari mavzusida nomzodlik, 2004 yil 16 iyulda "Gruntli to’g’onlarning statik va dinamik holatini, ularning konstruktiv xususiyatlari va ishlash sharoitlarini hisobga olgan holda baholash" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqladi. 200 dan ortiq ilmiy maqola va uslubiy ishlar muallifi. 1989 yilda kafedra assistenti, 1990-1993 yilgacha O’zR FA "Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi" instituti aspiranti, 1993-1999 yillarda kafedra dotsenti hamda institut ichki nazorat inspektsiyasi va o’quv bo’limlari boshlig’i, 1999-2002 yillarda TAQI doktoranti, 2002-2004 kafedra dotsenti, 2004 yilda “Qurilish” fakul’teti dekani, institut ilmiy ishlar va axborot texnologiyalari bo’yicha prorektori, 2006-2016 yillarda institut rektori lavozimida ishlagan. 2016-yildan viloyat hokimi muovini lavozimada ishlab kelmoqda. 2010 yildan boshlab O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashi deputati. 2015 yildagi o’tkazilgan saylovlarda yana 5 yilga senator va Namangan viloyati Kengashi deputati etib saylandi. 2011 yilda “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligi 20 yilligi” esdalik nishoni va 2012 yilda “Shuxrat” medali bilan taqdirlangan.


Saidov Sottixon Maxmudovich

1956 yil 11 mayda Namangan viloyati Kosonsoy tumani, Chindovul qishlog’ida xizmatchi oilasida tug’ilgan. 1975-1980 yillarda Samarqand Davlat arxitektura-qurilish instituti "Qurilish" fakul’teti talabasi, 1980-1983 yillarda Kosonsoy qurilish texnikumida o’qituvchi, 1983-1990 yillarda NamMPI "Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi" kafedrasi assistenti, 1990-2000 yillarda kafedra katta o’qituvchisi. 1999 yilda "Transport vositalaridan tarqalayotgan vibratsiyalarni gruntlarning reologik xususiyatlarini va yer relefini hisobga olgan holda o’rganish" mavzusidagi nomzodlik ishini O’zR FA Samarqand bo’limi qoshidagi ixtisoslashgan kengashda himoya qilgan. 2000 yildan kafedra dotsenti vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 60 dan ortiq ilmiy-uslubiy ishlar muallifi.


Mahmudov Zokirjon Sotivoldiyevich

1956 yilda Norin tumani Cho’ja qishlog’ida o’qituvchi oilasida tug’ilgan. Z.S.Mahmudov Toshkent Davlat Universiteti amaliy matematika va mexanika fakul’tetini 1980 yili tugatib, Namangan muhandislik-pedagogika institutiga yo’llanma asosida ishga yuborilgan. 1980-1991 yillarda assistent lavozimida mehnat qildi. O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining "Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi" instituti kunduzgi bo’lim aspiranturasida (1991-1994 yillar) yer osti inshootlarining zilzilabardoshligi yo’nalishida ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordi va 1995 yili "Tuproq bilan turli xil o’zaro ta’sir qonunlari ostidagi uzun yer osti inshooti dinamikasi" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Z.S.Mahmudov 1994-1995 yillarda "Umumtexnika fanlari" kafedrasi katta o’qituvchisi, 1995-1999 yillarda “Mexanika” fakul’teti o’quv ishlari bo’yicha dekan muovini va 1999-2001 yillari institut o’quv bo’limining boshlig’i lavozimida ishlab o’quv jarayonini tashkil etish, institutda mavjud kasb ta’limi yo’nalishlari uchun o’quv rejalari ishlab chiqishda faol ishtirok etdi. 2001 yil sentyabr oyidan 2004 yil fevral oyigacha institutning akademik litsey, kasb-hunar kollejlari va marketing ishlari bo’yicha 1-prorektori lavozimida ishladi. 2004-2005 yillarda “Qurilish” fakul’teti dekani lavozimida faoliyat ko’rsatgan. 2005-2006 yillarda “Umumtexnika fanlari” kafedrasini, 2006-2012 yillarda “Hisoblash texnikasi” kafedrasini boshqargan. Z.S.Mahmudov o’zining 35 yillik ilmiy-pedagogik mehnat faoliyati davrida 65 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar chop ettirdi. Internetga kirish nomli o’quv qo’llanmasi 2012 yilda bosmadan chiqdi.


Xakimov Anvar Farmonovich

1958 yilda Samarkand viloyati Nurota tumanida tug’ilgan. A.F.Xakimov Toshkent politexnika instituti “Muhandislik-qurilish” fakul’tetini 1980 yilda tugatib, ushbu institut ilmiy tadqiqot bo’limi muhandisi lavozimida mehnat faoliyatini boshlagan. 1981-1984 yillar Samarqand davlat arxitektura qurilishi instituti assistenti, 1985-1988 yillar ToshPI aspiranti va 1989-1999 yilgacha Namangan muhandislik-pedagogika instituti “Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi” kafedrasi katta o’qituvchisi, dotsent kafedra mudiri, lavozimlarida, 1999-2000 yillarida “Qurilish” fakul’teti dekani, 2001-2004 yillarda ichki nazorat va monitoring bo’limi boshlig’i, 2005-2011 yillarda O’quv ishlari bo’yicha prorektor, 2011-2016 yillarda Qo’qon davlat pedagogika instituti rektori va 2016 yildan NamMPI “Materiallar qarshiligi va mexanika” kafedrasi dotsenti lavozimlarida faoliyat ko’rsatib kelmoqda. 1989 yil Ukraina Fanlar Akademiyasi “Yuqori mustaxkamlikli konstruktsion materiallar deformatsiyalanish qonuniyatlari” mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. Kafedra dotsenti ilmiy unvoniga ega va 50 dan ortiq ilmiy uslubiy ishlar muallifi hisoblanadi.


Daminov Jakbarali Abduvaliyevich

1959 yil 10 avgustda Namangan viloyati, Namangan tumani, Qoratepa qishlog’ida dehqon oilasida tug’ilgan. 1977-1982 yillarda ToshPI talabasi, 1982-1990 yillarda kafedra assistenti, 1990-1993 yillarda O’zR FA ning M.T.O’rozboyev nomli "Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi" instituti kunduzgi bo’lim aspiranti, 1993-1994 yillarda mazkur institutning kichik ilmiy xodimi, 1994 yilda O’zFA ning M.T.O’rozboyev nomidagi "Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi" instituti qoshidagi ilmiy kengashda "Impuls va zarb kuchlari ta’sirida ustun qoziqlarni gruntga qoqish" mavzusida nomzodlik dissertasiyasini himoya qilgan. 1994-2000 yillar "Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi" kafedrasining katta o’qituvchisi, 1995-2006 yillarda "Qurilish" fakul’teti dekanining o’quv ishlari bo’yicha o’rinbosari lavozimlarida ishlab keldi. 2013 -2018 yillarda "Materiallar qarshiligi va mexanika" kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2018-yildan kafedra dotsenti lavozimada ishlab kelmoqda. 52 ta ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.


Yuldashev Sharafitdin Sayfitdinovich

1953 yil 5 yanvarda Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani Bekobod qishlog’ida xizmatchi oilasida tug’ilgan. 1970-1975 yillarda ToshDU "Mexanika-matematika" fakul’teti talabasi, 1975-1984 yillarda O’zR FA ning M.T.O’rozboyev nomidagi "Mexanika va inshootlarning seysmik mustahkamligi" institutida kichik ilmiy xodim, 1982 yilda "Metropoliten tonnellari yaqinidagi gruntlarning tebranish darajasini baholashning sonli usuli" mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini yoqlagan. 1983 yilda "Inshootlarning grunt bilan o’zaro dinamik ta’siri" mavzusidagi ilmiy ishlari uchun sobiq Ittifoqning yoshlar qo’mitasi mukofoti laureati. 1999 yilda "Transport vositalaridan hosil bo’lgan vibratsiyaning gruntda tarqalishi va vibratsiyadan himoya qilish sistemalari" mavzusida doktorlik dissertatsiyasini yoqlagan. Uning rahbarligida 3 ta nomzodlik va bitta doktorlik dissertatsiyalari himoya qilindi. 1975-1984 yillarda aspirant, katta ilmiy xodim, 1984 yildan 1985 yilgacha NamMPIda katta o’qituvchi, 1985-87 yillarda "Qurilish mexanikasi" kafedrasining mudiri, 1987-1992 yillarda "Qurilish" fakul’tetida dekan muovini, 1992-1994 yillarda "Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi" kafedrasining mudiri, 1994-1999 yilgacha "Qurilish" fakul’tetining dekani, 1999-2013 yilgacha "Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi" kafedrasining mudiri lavozimda ishlab kelgan. 95 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.


YUmarxonov Sa’dillaxon Ismatullayevich

1976 yil 8 martda Namangan viloyati Chust shahrida ishchi oilasida tavallud topgan. 1992-1997 yillarda - Namangan sanoat-texnologiya instituti talabasi, 1997-2000 yillarda - O’zR FA mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti aspiranti, 2000-2001 yillarda-Toshkent irrigatsiya va qishloq xo’jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti “Qurilish mexanikasi” kafedrasi laboratoriya mudiri, 2001-2006 yillarda-O’zR FA mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi instituti katta ilmiy xodimi, 2006 -2014 yillarda kafedra dotsenti va institut kasaba uyushmasi raisi lavozimlarida ishlagan, 2014 yildan hozirgi vaqtgacha institut ilmiy ishlar bo’yicha prorektori lavozimida faoliyat ko’rsatmoqda. Mehnat faoliyati davrida 50 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar chop etgan.


Raximov Abdulvoris Mutalovich

1959 yil 18 sentyabrda Namangan viloyati, Namangan tumani, Qoratepa qishlog’ida xizmatchi oilasida tug’ilgan. 1981 yilda Toshkent politexnika institutini tamomlab, shu institutining Namangan filialida assistent lavozimida ish boshlagan. 1981-1992 yillarda "Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi" kafedrasida assistent, 1992 yildan shu kafedrada katta o’qituvchi lavozimlarida ishlab keldi. 1994-2009 yillarda Namangan tuman 26-umumta’lim maktabida o’qituvchi bo’lib ishlagan. 2009-2013 yillarda Namangan tuman sanoat- kasb-hunar kollejida o’qituvchi bo’lib faoliyat ko’rsatgan. 2013-yildan hozirgi kunga qadar Namangan muhandislik-pedagogika instituti “Materiallar qarshiligi va mexanika” kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda. 25 dan ortiq ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.


Najmiddinov Insomiddin Biloldinovich

1962 yil 14 dekabrda Namangan viloyati Yangiqo’rg’on tumani Kalisho qishlog’ida ishchi oilasida tug’ilgan. 1980-1985 yillarda Toshkent davlat universiteti talabasi, 1985-1991 yillar Toshkent politexnika instituti Namangan filiali (1991 yildan Namangan sanoat- texnologiya instituti) assistenti, 1991-1994 yillarda O’zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasining "Mexanika va inshootlar seysmik mustahkamligi" instituti kunduzgi bo’lim aspiranturasida yer usti inshootlarining zilzilabardoshligi yo’nalishida ilmiy-tadqiqot ishlari olib bordi. 1995-1996 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti Axborotlar texnologiyasi va dasturlash kafedrasi katta o’qituvchisi, 1997-2014 yillarda Namangan muhandislik-iqtisodiyot instituti qoshidagi Akademik litseyda Informatika fani o’qituvchisi, 2014-yildan boshlab hozirgi kunga qadar Namangan muhandislik pedagogika instituti “Materiallar qarshiligi va mexanika” kafedrasida katta o’qituvchi lavozimida ishlab kelmoqda


A’zamov Kodirjon Saidmamadovich

1962 yil 13 noyabrda Namangan viloyati Chortoq tumani Koroskon qishlog’ida ishchi oilasida tug’ilgan. 1982-1989 yillarda Toshkent davlat universiteti talabasi, 1989-1994 yillar Toshkent politexnika instituti Namangan filiali (1991 yildan Namangan sanoat- texnologiya instituti) assistenti, 1996-2005 yillarda Yangiqo’rg’on tumanida Istiqlol agrosanoat kasb-hunar kolleji o’qituvchisi, 2005 yildan Namangan muhandislik-pedagogika instituti “Materiallar qarshiligi va mexanika” kafedrasi katta o’qituvchi lavozimlarida ishlab kelmoqda.




Isaboyev Sharofiddin Musomiddinovich

- 1982 yil 10 iyulda Namangan viloyati Chortoq tumani Peshqo’rg’on qishlog’ida ishchi oilasida tavallud topgan. 1999-2003 yilda Namangan muhandislik-pedagogika instituti talabasi, 2003-2004 yillar “Muhandislik kommunikatsiyalar qurilishi” kafedrasida ishlab chiqarish o’quv ustasi lavozimida ishlagan. 2004-2006-yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti magistratura bosqichi talabasi, 2006-2009-yillarda “Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi” kafedrasi kunduzgi bo’lim aspirant, 2009 yildan hozirgi kungacha “Materiallar qarshiligi va mexanika” kafedrasda assistent lavozimida ishlamoqda.


Saidov Rashidxon Maxmudovich

1973 yil 2 noyabrda Namangan viloyati Kosonsoy tumani, Chindovul qishlog’ida xizmatchi oilasida tug’ilgan. 1990-1995 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti "Qurilish" fakul’teti talabasi, 1997-1999 yillarda 9-sonli DMI o’qituvchisi, 1991-2001 yillarda NamMPI magistratura bosqichi talabasi, 2001-2008 yillarda 9-sonli DMI o’qituvchisi, 2011-2013-yillarda Kosonsoy qurilish va uy-joy kommunal xo’jalik kasb-hunar kolleji o’qituvchisi, 2014-yildan boshlab hozirgi kunga qadar Namangan muhandislik-pedagogika instituti “Materiallar qarshiligi va mexanika” kafedrasida assistent lavozimida ishlab kelmoqda.


Karabaeva Munira Usmanovna

1982 yilda Namangan viloyati Namangan shahrida muhandis oilasida tug’ilgan. 2001-2006 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti talabasi bo’lgan. 2003-2005 yillar oralig’ida Namangan muhandislik-pedagogika instituti “Qurilish” fakul’teti dekanatida kotiba bo’lib ishlagan. 2005-2011 yillarda Uchqo’rg’on tuman 36-umumta’lim maktabi o’qituvchisi, 2011yilda Namangan shahar 39-umumta’lim maktabi o’qituvchisi, 2011-2013 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti magistranti, 2013-2015 yillarda mazkur institutning “Materiallar qarshiligi va qurilish mexanikasi” kafedrasi assistenti, 2015-2018 yillarda Namangan muhandislik-qurilish instituti “Materiallar qarshiligi va mexanika” kafedrasi tayanch doktoranti bo’lgan. 2018 yildan shu institutning “Materiallar qarshiligi va mexanika” kafedrasida o’qituvchisi bo’lib ishlab kelmoqda. 25 ta ilmiy va uslubiy ishlar muallifi.


Normatov Shovkat Ibragimovich

1986 yil 16-oktyabrda Namangan viloyati, Pop tumani, Chodak qishlog’ida ishchi oilasida tavallud topgan. 2006-2010 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti talabasi, 2011-2015 yillarda Pop tumanidagi Pop kon-metallurgiya va servis kasb-hunar kolleji maxsus fanlar o’qituvchisi, 2015-2017 yillarda Namangan muhandislik-pedagogika instituti “Yer usti transport vositalari va tizimlari” kafedrasi magistranti, 2017 yildan ”Materiallar qarshiligi va mexanika” kafedrasi assistenti sifatida ishlab kelmoqda. To’rtta ilmiy maqola va bitta uslubiy ish muallifi.


Kafedra ilmiy faoliyati

        Kafedra a’zolari  tomonidan «Turar joy binolari va sanoat inshootlarini zararli vibratsiyalardan himoya qilish» va «Yer osti va yer usti inshootlarini yerning turli xossalarini hisobga olgan holda zilzilabardoshlikka tadqiq qilish» mavzusida  moliyalashtirilmagan ilmiy – tadqiqot ishlarini davom  ettirmoqdalar.

        Shu  bilan birgalikda "Transport vositalari harakatidan hosil bo’lgan va atrof-muhitga tarqalayotgan zararli tebranishlarning kamaytirish usullari (Разработка мeтодов умeньшeния врeдных вибраций, распространяюшихся в окружаюшую срeду при движeния транспортных срeдств)" mavzusidagi ilmiy-tadqiqot ishlarini olib bormoqdalar.

Kafedra  a’zolarini Davlat granti loyihasini bajarilishidagi ishtiroki haqidagi ma’lumot:

  1. Yuldashev Sh.S., t.f.d., professor ОТ-Ф1-122*(Ф1-018+Ф1-057) davlat grantlarini rahbari.
  2. Matkarimov P.J. t.f.d., ОТ-Ф1-122*(Ф1-018+Ф1-057) davlat grantining yetakchi ilmiy xodimi.
  3. Saidov S. M. t.f.n., dotsent, ОТ-Ф1-122*(Ф1-018+Ф1-057) davlat grantining katta ilmiy xodimi.
  4. Daminov J.A. t.f.n., dotsent, ОТ-Ф1-122*(Ф1-018+Ф1-057). davlat grantining katta ilmiy xodimi.
  5. Umarxonov S. I. t.f.n., dotsent, ОТ-Ф1-122*(Ф1-018+Ф1-057) davlat grantining katta ilmiy xodimi.
  6. Yuldashev Sh.S. t.f.d., dotsent, f.d., professor F-4-23 davlat grantlarini rahbari.
  7. Matkarimov P.J. t.f.d., professor,  F-4-23  davlat grantining yetakchi ilmiy xodimi
  8. Saidov S. M. t.f.n, dotsent, F-4-23 davlat grantining katta ilmiy xodimi.
  9. Daminov J.A. t.f.n., dotsent F-4-23 davlat grantining katta ilmiy xodimi.
  10. Matkarimov P.J. t.f.d., professor F-4-23 davlat grantining yetakchi ilmiy xodimi.
  11. Jumaboyeva Sh. katta o’qituvchi F-4-23 davlat grantining ilmiy xodimi.
  12. Nabiyev M. assistent F-4-23 davlat grantining katta ilmiy xodimi.
  13. Nabiyev M. assistent F-4-23 davlat grantining katta ilmiy xodimi.
  14. Matkarimov P.J. t.f.d., professor  A-14-8+(14-11) davlat grantlarini rahbari.
  15. Umarxonov S. I. t.f.n., dotsent  A-14-8+(14-11) davlat grantining katta ilmiy xodimi.

Prezident qaror va farmonlari
Hamkorlar
location_on
Namanagan shaxar
Islom Karimov ko`chasi 12-uy.
Devonxona: 998 69 234-14-30
Qabulxona: 998 69 234-15-23
Fax: 998 69 234-14-30
e-mail: nmpi_info@edu.uz
Barcha huquqlar muallif tomonidan himoyalangan 2017-2019. - AT MARKAZI
Dasturchi: Yuldashev Rasuljon
arrow_upward