| | |

XALQARO ALOQALAR

Bahriddinov Nodirbek

Telefon: +998 (69) 234 -29-63

Faks: +998 (69) 234-14-30

E-mail: nbahriddinov@gmail.com





Ergashev Islomjon

E-mail: islam.ergashev2016@gmail.com

Xalqaro aloqalar bo’limi institutning tashqi aloqalarini muvofiqlashtirib, xorijiy ta’lim muassasalari, tadqiqot markazlari, malaka oshirish institutlari bilan hamkorlik aloqalari o’rnatish maqsadida tashkil etilgan.





Bo’limning maqsadi: 
Bugungi kunda xalqaro standartlarga mos o’quv jarayonining so’nggi yutuqlaridan foydalanish dolzarb muammolardan sanaladi. Shu munosabat bilan Xalqaro aloqalar bo’limi institut bilan dunyoning boshqa ta’lim muassasalari o’rtasida do’stona, madaniy, o’quv va ilmiy yo’nalishlarda hamkorlik aloqalarini o’rnatish va ularni takomillashtirib boradi. Shuningdek, u professor-o’qituvchilarning xorijda malakasini oshirish bo’yicha stajirovkalar va qisqa muddatli o’quv kurslari va talabalarning almashinuv dasturlari bo’yicha YUNESCO, Istedod Jamg’armasi, Yevropa Ittifoqi va boshqa ko’plab davlatlar tomonidan e’lon qilinadigan grant va stipendiyali dasturlarda qatnashish borasida maslahatlar beradi. 

Bo’limning vazifalari: 
• institut tomonidan xorijiy universitet va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan o’rnatilgan aloqalarni, jumladan, shartnoma, kelishuv, memorandumlar ijrosini ta’minlash; 
• xorijiy mutaxassislar, professor-o’qituvchilar hamda talabalarni institutga tashrifini tashkil qilish; 
• ta’lim va o’quv jarayonini takomillashtirish maqsadida xorijiy investitsiyalar jalb qilish; 
• xorijiy grantlarni olish bo’yicha professor-o’qituvchilar, izlanuvchilar va tadqiqotchilarning ishtirokiga oid masalalarga ko’mak berish; 
• professor-o’qituvchi, tadqiqotchi va ilmiy xodimlarning xorijiy safarlari bo’yicha hujjatlarini rasmiylashtirishda maslahatlar berish; 
• professor-o’qituvchi, tadqiqotchi, ilmiy xodim va talabalarning turli xalqaro grant loyiha va dasturlarda, ta’limga oid fondlarda ishtirok etishlari uchun tavsiyalar berish; 
• O’zbekistonda akkreditatsiyadan o’tgan diplomatik korpus vakillari bilan o’zaro aloqalarni o’rnatish va kengaytirishdan iborat. 

Hozirgi kunda Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtiriladigan, Erasmus Mundus va Erasmus+ dasturlari bo’yicha institut professor-o’qituvchilari Yevropaning nufuzli universitetlarida malaka oshirish va ilmiy izlanishlar olib borish, talabalar esa tahsil olish imkoniyatiga ega bo’lmoqda. Bundan tashqari, institutning hamkorlik doirasini kengaytirish maqsadida xorijiy OTMlar bilan qator ikki tomonlama kelishuv va memorandumlar tuzishga erishildi. Hozirgi kunda ushbu hamkor universitetlar bilan qizg’in hamkorlik faoliyati olib borilmoqda. 

So’nggi yillarda Erasmus Mundus dasturining TIMUR va Erasmus+ loyihalari doirasida Ispaniyaning Granada universiteti, Chexiya tabiiy fanlar universiteti, Avstriyaning Vena tabiiy fanlar universiteti, Germaniyaning Hoenhaym universiteti, Shvetsiya qishloq xo’jalik universiteti, Sloveniya Lyublyana universiteti, Italiyaning Bolonya universitetlarida institutning 15 dan ortiq professor-o’qituvchilari malaka oshirish va ilmiy tadqiqotlar olib borishgan bo’lsa, 10 dan ortiq talabalar esa turli muddatlarda tahsil oldi. Hozirda esa bo’lim tomonidan bu kabi loyihalar va ularning qatnashchilari sonini oshirish bo’yicha qator ishlar amalga oshirilmoqda. 
Bugungi kunga kelib, institut хalqaro aloqalar bo’limi quyidagi mamlakatlarning oliy ta’lim muassasalari bilan memorandumlar, kelishuvlar va hamkorlik shartnomalari imzolashga erishgan: 

ROSSIYA FEDERATSIYASI 

Petrozavodsk davlat universiteti 
            Qozon davlat agrar universiteti 
            P.A. Kostichev nomidagi Ryazan davlat agro-texnologik universiteti 
PORTUGALIYA 
            Portu Universiteti 
XITOY XALQ RESPUBLIKASI 
            Wuhan texnologiyalar universiteti     

            Guilin texnologiya universiteti

POLSHA 
            Yan Koxanovski universiteti 
            Stanislav Voytsexovski nomli professional texnika universiteti 
            Adam Mitskevich universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida) 
ISPANIYA 
            Granada universiteti (Erasmus+ dasturi doirasida)    

            Las Palmas de Gran Kanariya universiteti  
GERMANIYA 
            Hoenhaym universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida) 
AVSTRIYA 
            Vena tabiiy fanlar universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida) 
CHEXIYA RESPUBLIKASI 
            Chexiya tabiiy fanlar universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida) 
SHVETSIYA 
            Shvetsiya qishloq xo’jalik fanlari universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida) 
ITALIYA 
            Bolonya universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida) 
SLOVENIYA 
            Lyublyana universiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida) 
NIDERLANDIYA 
            Vageningen unversiteti (Erasmus Mundus dasturi doirasida) 

Bulardan tashqari, хalqaro aloqalar bo’limi DAAD, ITEC, MTCP, KOICA, ISTEDOD kabi ta’lim va tadqiqot bilan bog’liq stipendiya dasturlari bilan faoliyat olib boradi. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi va Toshkentdagi Erasmus+ milliy ofisi bilan birgalikda va muntazam faoliyat yuritadi.

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi