| | |

TALABALAR TURARA JOYI

Bannayev Nurmuhammad

Telefon: +998 (69) 234-20-99

Faks: +998

E-mail: nbannaev@mail.ru





 Namangan muhandislik-qurilish institutining talabalar turar joyi binosi Namangan shaxrining I.A karimov ko'chasi 27-uyida joylashgan.Bino 1988-yilda foydalanishga topshirilgan bo‘lib, 9 qavatli yig‘ma temir-beton konstruksiyasidan qurilgan. Binoning loyihaviy quvvati 544-o‘rindan iborat.Talabalar turar joyida 2018-2019-o‘quv yilida 539 nafar talaba joylashtirilgan shundan 248 nafari qizlar, 291 nafari yigitlarni tashkil etadi.Binoda 150 o‘rinli majlislar va tadbirlar o‘tkazish zali bo‘lib, talabalarni bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish maqsadida, institut xotin-qizlar kengashi, “YoIH”boshlangich tashkiloti va kasaba uyushmasi qo‘mitasi hamkorligida ma'naviy va ma'rifiy, ahloqiy-tarbiyaviy, vatanparvarlik tarbiyasiga doir, “Quvnoqlar va zukkolar” “Zakovat intelektual o‘yini”, “Bilimdon qizlar ko‘rik tanlovi” va boshqa ko‘rik - tanlovlar yillik reja asosida o‘tkazib kelinadi.



Talabalar uchun sport maydonchalari (futbol, voleybol, basketbol, gandbol, katta tennis, yugurish hamda yengil otletika maydonlari) va sport seksiyalari faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.

Bir vaqtni o‘zida 90 kishiga xizmat ko‘rsatadigan bufet tegishli jixoz va anjomlar bilan ta'minlangan. Bundan tashqari har bir qavatda oshxona bo‘lib, 16 ta 4 komforli elektr plitalari, 48 ta idish yuvish rakovinalar mavjud. Xar bir qavatda sanuzellar bo‘lib, sanitariya va gigiena talablariga javob beradi.




Talabalar turar joyida faoliyat olib borayotgan “Ibn Sino salomatlik maskani”ning xonalari va ko‘rsatayotgan xizmatlari sanitariya va gigiena talabi darajasida bo‘lib, unda bemorlarni qabul qilish, muolaja va izolyator xonasi hamda gigiena xonalari mavjud. Tibbiyot xonasida malakali xamshira xizmat ko‘rsatadi. 

Talabalar turar joyida yashovchi talabalarga quyidagi maishiy xizmatlar ko‘rsatiladi:

-Sartaroshxona

-Poyafzal ta'mirlash ustaxonasi

-Umumiy ovqatlanish xonasi

-Tibbiy xizmatlar


Talabalar turar joyida 1-qavatida manaviyat va ma'rifat xonasi joylashgan bo‘lib, 640 turdagi 1500 dan ortiq turli xil adabiyotlar va 20 turdagi gazeta – jurnallar bilan ta'minlangan. ARMning filialida 10 ta zamonaviy R4 kompyuterlar bilan jixozlangan. Kompyuterlar internet tarmog‘iga ulangan, barcha fanlardan o‘quv-uslubiy komplekslarning elektron variantlari mavjud. Bundan tashqari xar bir qavatda alohida mutolaa xonalari tashkil etilgan, unda mutaxassislikka oid, badiiy–publitsistik kitoblar, kundalik gazeta–jurnallar, dars tayyorlash jihozlari hamda rangli televizorlar bilan jihozlangan. Talabalar turar joyida boshqa viloyatlardan kelgan talabalarni ota-onalari uchun dam olish va qolish uchun sharoitlar yaratilgan.








Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi