| | |

TA'LIM SIFATINI NAZORAT QILISH BO‘LIMI

Axunov Donyor

Qabul vaqti: .

Telefon: +998 (69) 234-05-23

Faks: +998

E-mail:





Bo‘limning asosiy maqsadi:

 Institut talabalari bilimlarining davlat ta'lim standartlariga muvofiqligini o‘rganib borish va tahlil qilish, Kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish, institutni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish va uning natijalari bo‘yicha ta'lim sifatiga salbiy ta'sir etuvchi omillarni aniqlash hamda ularni bartaraf etish va oldini olish choralarini ko‘rishdan iborat.

Bo‘limning asosiy vazifalari va funksiyalari:

- ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarning davlat ta'lim standartlari (DTS), malaka talablari, o‘quv rejalari va fan dasturlari bilan   ta'minlanganligini tahlil etish va ularni ekspertiza qilish;
- institutda ta'lim jarayoni sifatini, uning o‘quv adabiyotlari va o‘quv-uslubiy materiallar bilan ta'minlanganlik darajasini o‘rganish;
- institut talabalari bilimlarining DTSga muvofiqligini o‘rganib borish, tahlil qilish;
- ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini ta'minlash;
- kadrlar tayyorlash sifati monitoringini yuritish;
- institutni ichki attestatsiyadan o‘tkazishni tashkil etish, natijalari bo‘yicha ta'lim sifatiga salbiy ta'sir etuvchi omillarni aniqlash, ma'lumotlarni institut rektoriga hamda Davlat inspeksiyasiga taqdim etish;
- attestatsiya, ta'lim sifatini o‘rganish bilan bog‘liq jarayonlarda institutda aniqlangan kamchiliklar va nuqsonlarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi ustidan nazorat o‘rnatish;
- ta'lim sifatini belgilovchi ko‘rsatkichlarning holatini monitoring qilish va aniqlangan muammolar va kamchiliklar yuzasidan tegishli tarkibiy tuzilmalarga takliflar berish;
- ta'lim sifatini oshirish maqsadida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish jarayonida zamonaviy usullar va uslublardan foydalanish samaradorligini tahlil qilish;
- institutning tarkibiy tuzilmalarida (fakultet, kafedra, bo‘lim, markaz, akademik litsey) pedagog xodimlarning kasbiy malakasi holatini, shuningdek oliy o‘quv yurtidan keyingi ta'lim hamda malaka oshirish va qayta tayyorlash yo‘nalishlaridagi sifat darajasini aniqlash maqsadida ichki monitoringni o‘tkazish, tahliliy ma'lumotlarni tayyorlash, aniqlanagan kamchilik va muammolarni bartaraf etish bo‘yicha institut rahbariyatiga takliflar kiritish;
- institut professor-o‘qituvchilari tayanch ma'lumotlarining tegishli dars beradigan fan(lar)iga mosligini tahlil qilish yoki ularning tegishli qayta tayyorlashdan o‘tganligini yoki mos ixtisoslik bo‘yicha ilmiy unvon, darajaga ega ekanligini o‘rganish va xulosalarni institut rektoriga ma'lum qilish;
- institutning o‘quv jarayoni, ilmiy-tadqiqot va ilmiy-uslubiy ishlar rejalarining bajarilishini monitoring qilish;
- ta'lim jarayoni moddiy-texnik bazasi holatini tahlil qilish, uni rivojlantirish va takomillashtirish bo‘yicha takliflar berish;
- institutda talabalar amaliyotining ta'lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarni inobatga olingan holda tashkil etilganligini va uning samarasini nazorat qilish;
- institutdagi ijtimoiy muhit, kadrlar tayyorlash va ta'lim sifatini o‘rganish maqsadida doimiy ravishda talaba, ota-ona, professor-o‘qituvchi va kadrlar iste'molchilari o‘rtasida ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazish;
- institut tegishli tarkibiy tuzilmalari bilan hamkorlikda ta'lim sifatini oshirishga qaratilgan o‘quv seminarlari va treninglarni o‘tkazish;
- institutda jamoatchi ekspertlar bazasini shakllantirish va ular bilan qo‘yilgan vazifalar doirasida seminar mashg‘ulotlarini muntazam ravishda o‘tkazib borish;
- o‘quv jarayoni bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsion hamkorlik, innovatsion g‘oyalar, ishlanma va texnologiyalarning amaliy tatbig‘i masalalari monitoringini yuritish;
- institut Kengashida, davra suhbatlari va anjumanlarda bo‘lim tomonidan ta'lim sifatini oshirishga oid amalga oshirilgan o‘rganish va monitoring natijalari to‘g‘risida ma'lumotlar berib borish;
- ta'lim sifati holatini o‘rganish natijalariga asoslanib tegishli takliflarni institut rahbariyatiga taqdim etish.

 

 

 

 

 

 



 

Play tugmasini bosing! Axborot texnologiyalari markazi